Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Manchester Siti" futbolchisi Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

"Manchester Siti" futbolchisi Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Mateus Nunes jarohati tufayli terma jamoa ixtiyorini tark etdi, deb xabar bermoqda Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida. Insayder jarohat tafsilotlarini oshkor etmadi, biroq yosh futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nunesning bo‘lajak Portugaliya o‘yinlarida o‘ynash uchun yaxshi imkoniyatlari bor edi, chunki Roberto Martines jamoasi oktyabr oyida rasman birinchi o‘rinda Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Bo‘lajak o‘yinlarda Portugaliya terma jamoasi Lixtenshteyn va Islandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

25 yoshli markaziy yarim himoyachi joriy mavsumda “shaharliklar” safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:05, 15.11.2023.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик