Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

"Barselona" "remont" qilinishi kerak

"Barselona" "remont" qilinishi kerak

Baho:
+ | -

"Barselona" so‘nggi yillarda o‘ta qiyin davrlarni boshdan o‘tkazdi. Garchand klubda moliyaviy muammolar haligacha davom etayotganiga qaramasdan, o‘tgan mavsum bu jamoa uchun Ispaniya chempionligi bilan yakunlandi. Ayni damda, amaldagi chempion nomini himoya qilishda Xavi jamoasiga nimalardur yetishmayapti. Kataloniyaliklar 13 turdan keyin La-ligada uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Hatto, "Atletiko" o‘z o‘yinini yutib olsa, to‘rtinchi o‘ringacha tushib ketish xavfi ham mavjud. Kutilmagan lider bo‘lmish "Jirona" turnir jadvalini 34 ochko bilan boshqarib turgan bo‘lsa, 32 ochko to‘plagan "Real" eng yaqin ta’qibchi bo‘lib turibdi.
Xavining yangi mavsum uchun tuzgan rejalari asosida YECHLda muvaffaqiyatli ishtirok etish yotibdi. "Barselona" guruhdagi ilk 3 ta o‘yinda g‘alaba qozongandi. Ammo so‘nggi, "Shaxtyor"ga qarshi bahs mag‘lubiyat bilan tugadi. Bu esa guruhdan chiqish masalasi ortga surilganini anglatadi. Bu jamoada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bisyor. Ularni esa shu kunlarda davom etayotgan xalqaro tanaffuslardagi kichik muddat ichida bajarish kerak. Quyida La-liga va YECHLda yaxshiroq natijalarga erishish uchun qilinishi kerak ishlar haqida so‘z boradi. 

Gollarni yarim himoya vakillari ham urishi kerak

"Barselona"da gol urish borasida katta muammolar mavjud emas. Shunga qaramay, mavsumning shu qismigacha Xavi shogirdlari "Jirona", "Real" va "Atletiko"dan kamroq gol urdi. Qolaversa, YECHLda ham guruh yetakchilari orasida eng kam gol kataloniyaliklarga tegishli. Agarda kiritilgan gollarni jamoa bo‘ylab taqsimlasak, ularning asosiy qismi Levandovski va Torres hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘ramiz (mos ravishda 8 va 5 tadan). Qiziq tomoni, eng kam 1-2 tadan gol yarim himoya vakillari tomonidan urilgan. Yarim himoyaning unumdor ishi, butun jamoani yuqori marralar sari boshlashi hech kimga sir emas. Hozir Fermin va Gavi 2 tadan, Gyundogan va Pedri esa bittadan golga mualliflik qildi. Romeuda gol yo‘q. Taqqoslash uchun "Manchester Siti" bilan o‘tgan mavsum davomida Gyundogan 11 ta gol urishga erishgan. Shunday ekan, bu borada vaziyat yaxshilanishi kerak.

Futbolchilarning barqarorlarini tanlash kerak

Mavsum boshlanishi bilan Xavining to‘qnash kelgan eng jiddiy muammosi bu jarohatlar edi. Hozir ham bir qancha jiddiy yo‘qotishlar jamoa natijalariga ta’sir etib turibdi. Masalan, Pedri va De Yong yo‘q. Albatta, bu o‘z navbatida yarim himoyaning sermahsulligiga ta’sir qiladi. Pedri yaqindagina qaytdi. De Yong ham tanaffuslar tugaguniga qadar tarkibda bo‘ladi. Xavi esa qaysi futbolchilar jamoaga chempionlikni himoya qilishda eng katta foyda berishini o‘ylab ko‘rishi lozim. Shuningdek, terma jamoalardan jarohat bilan qaytadigan vakillar ham bo‘lishini unutmaslik kerak. Yarim himoya borasida "Barselona"ni barqaror deb bo‘lmaydi. Istalgan vaqtida vaziyat yomon tomonga o‘zgarib qoladi.

O‘yinlarda dominantlik qilish kerak

"Barselona" atamasi to‘pga egalik qilish bilan ma’nodosh desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Bu klub yaqin tarixida raqiblardan to‘pga egalik qilish va gol urish borasida katta ustunlikka ega bo‘lib kelgan. Joriy mavsumda, Xavi shogirdlari bahslarda raqiblarni har taraflama yer tishlatishga qiynalmoqda. Statistikalarda oldingi kabi yirik ustunlik ko‘zga tashlanmayapti. Shuningdek, gollarda ham. Masalan, bu mavsumda, barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda, "ko‘k-anorranglilar" faqat uchta uchrashuvda raqibni bittadan ortiq to‘p farqi bilan mag‘lub eta oldi xolos ("Kadiz"ga qarshi 2-0, "Real Betis" va "Antverpen"ga qarshi 5-0).
Qolganlar holatlarda g‘alaba faqat bir gol farqi bilan yuzaga keltirilgan bo‘lib, bunday yo‘l bilan chempionlikka erishish murakkab kechadi. Yana bir misol, "Barselona" ligada 3 ta durangga imzo chekkan. O‘sha o‘yinlarning hech birini kataloniyaliklar ustunligi ostida o‘tgandi deya olmaymiz. Balki bu borada Xaviga kattaroq tarkib va yarim himoyachilarning sermahsulligi yordam berar? O‘shanda bu klubdan yana yirik g‘alabalar va kamroq duranglar ko‘rgan bo‘lardik...

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:57, 17.11.2023.
O'qildi: 4626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.