Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

"Andijon" yubiley g‘alaba ostonasida yoxud O‘zbekiston chempionatidagi umumiy statistik raqamlari qanday?

"Andijon" yubiley g‘alaba ostonasida yoxud O‘zbekiston chempionatidagi umumiy statistik raqamlari qanday?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy chempionati boshlanganidan beri klublarning umumiy ishtiroki hamda statistik raqamlari ko‘pchilikni qiziqtirishii turgan gap.

Jumladan, “Andijon” klubining statistik raqamlari qanday ko‘rinishda ekanligi muxlislarni befarq qoldirmaydi.

Yodingizda bo‘lsa, birinchiligimiz avvaliga oliy liga deb nomlangan, keyinchalik Superligaga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazib kelinayotganidan beri andijonliklar 27-mavsumini o‘tkazmoqda.

“Andijon” klubi O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 791 ta o‘in o‘tkazdi. Shundan 249 tasida g‘alaba, 165 ta durang hamda 377 ta bahsda mag‘lubiyat qayd etilgan. To‘plar nisbatiga kelsak, “Andijon” O‘zbekiston chempionatlari davomida jami 1029 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 1283 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

“Andijon”ning O‘zbekiston chempionatidagi yubiley g‘alabalari

Ilk g‘alaba: 05.04.1992. “Navro‘z” – “Yangiyer” – 2:1

50-g‘alaba: 28.08.1996. “Navro‘z” – “Dinamo” (Urgench) – 3:0

100-g‘alaba: 26.08.2000. “Surxon” – “Andijon” - 0:5

150-g‘alaba: 20.05.2006. “Andijon” – “Qizilqum” – 5:3

200-g‘alaba: 02.04.2011. “Andijon” – “Mash’al” – 4:0

E’tibor bergan bo‘lsangiz, jamoa a’zolari yubiley g‘alabalarida minimum 2 ta maksimum 5 ta gollar urishgani e’tiborga molik.

Jizzaxda “So‘g‘diyona” ustidan qozonilgan g‘alaba “Andijon”ning 249-g‘alabasi sifatida tarixda qoldi. Agar 22 noyabr kuni Yaypanda “Turon” mag‘lub etiladigan bo‘lsa, “Burgutlar”ning yubiley 250-g‘alabasiga aylanadi.

Shuningdek, urilgan gollarni ham yuqorida keltirib o‘tdik. Hozirga qadar raqiblar darvozasiga 1029 ta to‘p kiritilgan. Jamoaning yubiley 1000-goli 2021 yilgi mavsumning 25 sentyabr kuniga to‘g‘ri keladi. 20-tur doirasida safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan. O‘sha paytdagi jamoamizning belaruslik legioneri Vasiliy Sovpel 55-daqiqada raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etgan va bu “Andijon”ning O‘zbekiston chempionatlaridagi yubiley 1000-goliga aylangan.

O‘zbekiston chempionatlarining umumiy jadvalida “Andijon” 43 ta jamoa orasida 8-o‘rinni egallab turibdi. Shu kungacha to‘plagan ochkosi esa 912 tani tashkil qilmoqda.   

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:23, 18.11.2023.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.