Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Sergey Arslonov: "Tanaffusdan keyin o‘yinning borishi o‘zgarib ketdi"

Sergey Arslonov: "Tanaffusdan keyin o‘yinning borishi o‘zgarib ketdi"

Baho:
+ | -

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Olimpik"ni kuchli shakllangan, shijoatli jamoa ekanligini bilardik. Ular nafaqat yoshlardan tashkil topgan jamoa, balki klubning murabbiylar shtabini ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Birinchi taymda ham yaxshi harakat qildik, deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda ham kichik imkoniyatlardan foydalanishga intildik. Tanaffusdan keyin o‘yin surati butunlay o‘zgarib ketdi. Ancha jangovar o‘yin ko‘rdik. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, xavfli vaziyatlar ko‘proq raqib darvozasi oldida yuz berdi. Biz ko‘zlagan maqsadga erishdik.

Shamsiyevning jarohati jiddiy va tiklanish jarayoni uzoqlashib ketayotganidan xavotir olyapmiz. Sultonmurodovda ham jarohat bor, lekin u tez orada taxminan ikki xaftalarda safga qaytadi, deb o‘ylayman

Imkon qadar tajribali o‘yinchilar bilan hamoxang ravishda yoshlarni tarbiyalash, ularni tarkibga qo‘shish, klubimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz tarbiyalayotgan yigitlar kelajakda grand jamoalarimiz va xorij jamoalarida o‘ynash uchun tramplin vazifasini o‘tab beradi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratish va tajribali o‘yinchilar yordamida mahoratini oshirish ustivor vazifalarimiz qatoriga kiradi.

Agar ritm haqida ta’kidlaydigan bo‘lsak, buni turlicha tushunish mumkin. Masalan, to‘p maydondan chiqib ketganida bu o‘yin ritmiga yomon ta’sir qiladi. Qolaversa, o‘yin sifatiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Futbolchilarimizga o‘yinni cho‘zish, ritmni tushirish kabi tushunchalarni bermaymiz va o‘rgatmaymiz. Tezkor o‘yinni, to‘p maydon ichida bo‘lishini ko‘proq o‘rgatamiz. Falsafamiz maydonda ko‘proq harakat qilish va "Surxon"dagi yoshlarga o‘ynash uchun imkoniyat yaratib berish hisoblanadi”, – dedi Arslonov.

Kiritildi: 22:20, 19.11.2023.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.