Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Eron bosh murabbiyi: "Jarohatlar o‘yinga ta’sir qilmasligi kerak"

Eron bosh murabbiyi: "Jarohatlar o‘yinga ta’sir qilmasligi kerak"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Manikone O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCH saralash uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bosh murabbiyimiz Amir Galinoi betob ekanligini sababli matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydi. O‘zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz, ular ajoyib jamoa. Ertangi o‘yin ajoyib o‘tadi.

CAFA finalida o‘yin ajoyib bo‘lgan edi. Shundan buyon jamoalar darajasi deyarli o‘zgarmagan. O‘zbekiston Osiyoda yuqori darajada futbol namoyish etadigan jamoa bo‘lgan, Srechko Katanes shogirdlari doim chiroyli o‘yin ko‘rsatib kelishgan. Umid qilamanki, ertaga chiroyli o‘yin guvohi bo‘lamiz

Jamoamiz himoyaviy o‘yin ko‘rsatadi deb o‘ylamayman. Biz so‘nggi o‘yinlarda ko‘p gol uryapmiz, futbol aql bilan o‘ynaladigan o‘yin, unda ba’zida hujumda, ba’zida himoyada yaxshi harakat qilish talab etiladi. Amir Galinoi ertangi o‘yinda ishtirok etadi. Bu borada muammo yo‘q.

Jahonbashning jarohat olgani rost. Umid qilamanki, jarohatlar o‘yinimizga ta’sir qilmaydi".

Said Izzatullohi (futbolchi):

"Yuqorida aytib o‘tilganidek, murabbiyimiz biroz betob bo‘lgani sababli bugungi matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi. Amir Galinoi kasal bo‘lishiga qaramasdan O‘zbekistonga tashrif buyurdi, undan bizni qo‘llab-quvvatlayotganidan minnatdormiz. JCH saralashlarida birlamchi o‘yinlar qiyin bo‘ladi. Gongkong bilan shunday qiyin o‘yin o‘tkazdik, ertaga ham shunday bahslardan biri bo‘ladi.

Shomurodov bilan bir jamoada o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganman. U katta tajribali futbolchi, Eldor nafaqat O‘zbekistonda balki butun Osiyoda eng kuchli hujumchilar qatoriga kiradi. Biz Eldor va terma jamoa o‘yinini o‘rgandik, ularga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz degan umiddamiz.

Biz futbolchilar maydonda diplomatiyaga hech qachon e’tibor bermaymiz. Maydonda faqat raqibga e’tibor qaratamiz. O‘zbek futbolidagi o‘zgarishlar e’tiborga molik, bularni Yevropada to‘p tepayotgan futbolchilar bilan ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston har doim bizning eng qiyin raqiblarimiz bo‘lib qoladi".

Kiritildi: 13:49, 20.11.2023.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик