Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

APL. Bu mavsumda eng ko‘p maydonda harakat qilgan futbolchilar nomi ma’lum qilindi

APL. Bu mavsumda eng ko‘p maydonda harakat qilgan futbolchilar nomi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Biz ayni damda mavsumning eng tig‘iz qismiga yo‘l olyapmiz. Shu sababli futbolchilarga ish ko‘payaveradi. Katta klublar asosiy yulduzlarini maydonda ko‘proq ish bajarishga undaydi. Buni tushunsa bo‘ladi, albatta. Premyer-ligada eng ko‘p maydonda bo‘lgan yulduzlar nomi ma’lum qilindi. Bu ma’lumot "Arsenal" muxlislariga yoqmasligi mumkin. Negaki, Arteta jamoasidan faqat uch kishi top-10 ro‘yxatda bor. Bu degani "Arsenal"da ko‘p rotasiya bo‘lmoqda. Masalan, bu borada Deklan Raysning ko‘rsatkichi quyidagicha: 105 millionlik futbolchi 1484 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. Kuchli o‘ntalikda yana Ben Uayt va Vilyam Saliba ham o‘rin egalladi.

"Arsenal" o‘tgan mavsum oxirlarida "Manchester Siti"ga chempionlikni boy berib qo‘ygandi. Bu esa aynan Salibaning mart oyida olgan jarohati sababli yuz berdi. Oqibatda, qolgan 12 turda to‘pchilar ustozi Rob Xoldingdan foydalandi. Agarda "Arsenal" asosiy tarkibni balansli ushlab turmasa, u holda o‘tgan mavsumdagi holat qaytarilishi mumkin.

"Aston Villa"ni ham ehtiyotkorlikka chorlash uchun sababimiz yetarli. Bu jamoa yevrokuboklarga qaytgani munosabati bilan, o‘yinlari soni ko‘payib ketdi. APLning o‘zida Unai Emeri shogirdlaridan uchtasi joriy ro‘yxatga kirdi. Ezri Konsa, Jon Maggin hamda Luka Dinlarning har biri 1500 daqiqadan ortiq vaqtni maydonda o‘tkazishdi. Ayni damda birmingemliklar turnir yetakchisi "Manchester Siti"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.

Darvozabonlar Nik Poup hamda Andre Onanalar jadval avvalidan o‘rin egallagan. Xususan, Onana hozirga qadar "MYU"ning har bir bahsida maydonda edi. "Shaharliklar" safida Erling Xoland hamda Kayl Uokerlar eng ko‘p foydalanilgan vakillardir. Hozirda Xoland jarohat oldi. Shu sabab "Manchester Siti" raqiblari xursand bo‘lsa kerak. Lekin u tez orada qaytadi. O‘tgan mavsumda faqatgina 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborganini hisobga olsak, Xolandning tez qaytishini tabiiy qabul qilish mumkin.

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:29, 20.11.2023.
O'qildi: 2129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.