Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Amir G‘alinoiy: «Bugungi o‘yin biz uchun katta saboq bo‘ldi»

Amir G‘alinoiy: «Bugungi o‘yin biz uchun katta saboq bo‘ldi»

Baho:
+ | -

JCH-2026 hamda Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi, 2-bosqich saralashi doirasida O‘zbekiston hamda Eron bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. 

Uchrashuvdan so‘ng tashkil qilingan mabuot anjumanida eronliklar bosh murabbiyi Amir G‘alinoiy ishirok etdi hamda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Avvalo O‘zbekiston milliy terma jamoasini JCH saralash bosqichida ishtirok etayotgani bilan tabriklayman. Bugungi raqibimizni keyingi o‘yinlarida omad tilab qolaman.

Bugungi bahs chiroyli va sifatli bo‘ldi. Bizning futbolchilar faqat birinchi bo‘limda o‘ynashdi, ular uchun ikkinchi bo‘lim tugagandi. O‘zbekiston esa ikkinchi taymda juda ham matonatli o‘yin namoyish etib, ikkita gol urdi. Shogirdlarim esa maydona faqat yurdi. O‘zbekiston esa sidqidildan to‘p tepdi. Yana bir marta ta’kidlab o‘taman, juda ham sifatli bahs bo‘ldi. Muxlislar bugun o‘yindan zavq olishdi. Tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Bugungi uchrashuv biz uchun katta saboq bo‘ldi. Futbol bu hayot. O‘yinchilar avval mashg‘ulotda ishtirok etishadi, o‘yindan esa dars olishadi. Futbol shunday o‘yinki, uni yurakdan o‘ynash kerak. Aks holda mag‘lub bo‘lasan.

Ikkinchi marta terma jamoani boshqarish baxti menga nasib etdi. Har ikki jamoa o‘ziga yarasha kuchli, har ikki jamoa tarkibida kuchli o‘yinchilar bor. 

Karlush Keyrush kuchli mutaxassis. U Eron futboliga katta hissa qo‘shgan. Men futbol sohasida 22 yildan beri shug‘ullanib kelyapman. Bu Keyrushning loyihasimi degan savolga javob bera olmayman. Falsafamiz hujumkor futbol. 2 marta terma jamoani boshqarganman. Osiyo chempioni bo‘lganman. Futbolchi bo‘lganimda ham to‘purarlik borasida katta raqobatni yuzaga keltirganman. Hozirgi resurslardan maksimal foydalanishga harakat qilamiz. Bugungi o‘yin uchun futbolchilarga rahmat. Murabbiylik davrimni boshlaganimdan beri ular sifatli o‘ynashyapti. Biroq bugungi bahsda g‘alabaga umid qilgandim. Afsus, o‘z rekordli seriyam shu yerga kelganda to‘xab qoldi», – dedi murabbiy. 

Kiritildi: 20:35, 21.11.2023.
O'qildi: 7189 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.