Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karrasko Simeone bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirdi

Karrasko Simeone bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi sobiq futbolchisi Yannik Karrasko Diyego Simeone bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Sentyabr oyi boshida belgiyalik Saudiyaning "Ash-SHabab" jamoasiga o‘tib, "matraschilar" bilan xayrlashdi.

"Simeone «Atletiko» bilan shartnomasini uzaytirganidan xursandman. Menimcha, u ajoyib murabbiy va ajoyib inson. Diyego bilan men ketganimdan keyin ham aloqani davom ettiramiz va bu ajablanarli emas, chunki men uning qo‘l ostida deyarli 300 ta o‘yin o‘tkazganman. Men Simeonedan men uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdorman", - deya 30 yoshli vingerning so‘zlarini keltiradi RTL Info.

Yannik Karrasko "Atletiko" safida jami 266 o‘yin o‘tkazib, 47 gol va 45 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 07:36, 23.11.2023.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик