Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ivan Boshkovich: "Kelgusi mavsum uchun poydevorimiz qo‘yilgan"

Ivan Boshkovich: "Kelgusi mavsum uchun poydevorimiz qo‘yilgan"

Baho:
+ | -

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "So‘g‘diyona" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik uchun vaqt yetarli edi va jiddiy hozirlik ko‘rdik. Bu yerda o‘ynash oson emas. Bellashuv oldidan kelgusi taqdirimiz nazariy jihatdan hali aniq emas edi. Shu bois, ochko zarur edi. Birinchi bo‘limda teng kurashlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa mezbonlar bosimni oshirdi va natija uchun harakat qildik. Qo‘lga kiritilgan ochko bilan yigitlarni tabriklayman.

O‘ylashimcha, "Nasaf" oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladi. Jamoa kelgusi mavsum ham xalqaro maydonda ishtirok etadi. Har mavsum qarshiliklarga chempionlik uchun biroz yetmay qoladi. Bilasiz, men ham ushbu jamoaga befarq emasman. Futbolchilar ataylab maydonga yotib oldi, demagan bo‘lardim. Shunchaki, bosim yuqori edi va kurashlar ko‘p bo‘ldi.

"So‘g‘diyona" bu mavsum kuchsiz o‘ynadi, deb o‘ylamayman. Men jamoam ko‘rsatayogan futboldan qoniqish hosil qilyapman. Ikkinchi davrada yaxshi harakat qildik va ochkolarga ega chiqdik. Biz doim raqobatbardosh futbol o‘ynashga intilamiz. Mag‘lub bo‘lgan bellashuvlarimizda ham individual xatolar sabab yengildik. O‘ylashimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Ko‘plab yosh futbolchilarga imkoniyat berdik va ular yetarlicha tajriba to‘plashdi. Kelgusi mavsum uchun poydevorimiz mavjud”, – dedi Boshkovich.

Kiritildi: 21:16, 23.11.2023.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик