Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Luka Toni: «Yuve» Allegri tufayli 2-o‘rinda ketmoqda»

Luka Toni: «Yuve» Allegri tufayli 2-o‘rinda ketmoqda»

Baho:
+ | -

Italiya futbolida o‘ziga yarasha obro‘ orttirgan sobiq hujumchi Luka Toni «Yuventus» va «Inter» o‘rtasidagi bo‘lajak supero‘yin («A» seriya 13-turidan o‘rin olgan ushbu bahs 26 noyabr kuniga belgilangan) oldidan Gazzetta dello Sport nashriga ixcham intervyu berdi.

Yaqin o‘tmishning zabardast hujumchisi suhbat jarayonida bir qator qiziqarli savollar yuzasidan mulohaza yuritdi.

- Luka, FIFA kunlaridan keyin «A» seriyaning ikki peshqadami - «Inter» va «Yuventus» o‘zaro o‘ynaydi. Jamoalarning hozirgi hujum chizig‘i salohiyatini qanday baholaysiz?

- Lautaro Martines tobora o‘z jamoasi yetakchisi va goleadoriga aylanib bormoqda. «Inter» bu borada ustunroq va omadli ham. Chunonchi, Yevropada hali-hamon argentinalik hujumchiga past baho berilmoqda. Lautaroga katta takliflar tushmayotganini boshqacha izohlash mumkin emas. «Yuve» hujumchilariga kelsak, ular negadir gol urishdan to‘xtab qolishdi. Vaholanki, jamoa tarkibida 4 nafar potensiali yuqori hujumchi bor. To‘g‘ri, Allegri bu masalada ortiqcha tashvishlanmasa ham bo‘ladi - gollar o‘z-o‘zidan keladi hali, menimcha.

- Vlaxovich o‘yiniga alohida to‘xtalsangiz...

- U «Fiorentina» va «Kalya­ri»ga qarshi kechgan bahslarda ancha bamaylixotir va xotirjam ko‘rindi. Moyze Kin ham yomon emas, faqat uning doimo gol urishi uchun qandaydir o‘zgacha turtki kerakdek. Shaxsan men hamon Dushan Vlaxovich mavsum davomida 20ta gol marrasini zabt etishiga ishonyapman, chunki u kabi hujumchilar boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib turishsa, haftasiga 4-5ta gol urishlari mumkin. Ha, hozir Dushanga ham uchqun kerak, ehtimol, buni «Italyano derbisi»da topar...

- Xo‘sh, joriy mavsum skudetto uchun kurashda aynan qaysi klub yaqqol favorit, sizningcha?

- «Inter», harqalay, loaqal qog‘ozda shunday. Allegri jamoasi goho yaxshi yoki sust o‘ynashi mumkin, lekin hozircha ajoyib natijalarga erishmoqda. «Yuve» 2-o‘rinda bor­yaptimi, demak, murabbiy mavjud tarkib xususiyatlaridan maksimal darajada foydalanmoqda. Shu joyda Pogba va Fajoli diskvalifikasiyasini eslang...

- Allegri yanvardagi transferlar bozorida faol ishtirok etmoqchi...

- Ha, u ayniqsa, maydon markazini kuchaytiradigan futbolchilarga muhtoj. Bu borada «Manchester Siti» vakili Fillips yoki «Tottenxem»da o‘ynayotgan Xoybyerg - munosib nomzod. Berardi? Domeniko jamoa o‘yiniga qo‘shimcha fazilatlar - dribling va tasavvur qo‘shishga qodir. Lekin bunday taqdirda «Yuventus» 3-5-2 taktik chizmasidan 3-4-3 uslubiga o‘tishi kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:41, 24.11.2023.
O'qildi: 1443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.