Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Shaxmat. Afruza Hamdamova — U14 toifasida jahon chempioni!

Shaxmat. Afruza Hamdamova — U14 toifasida jahon chempioni!

Baho:
+1 | -

Ayni kunlarda jahonning 14-16-18 yosh kategoriyasidagi eng yaxshi shaxmatchilari Italiyada bo‘lib o‘tayotgan «Shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati»da ishtirok etmoqda.

Jahon chempionatida 92 ta davlatdan 217 ta unvonli shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Jami 766 nafar shaxmatchi yigit-qizlar ishtirok etayotgan turnirda o‘zbekistonlik 3 nafar shaxmatchi vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Kecha 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi 10-tur bahslarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova (2199) rossiyalik Anna Shuxman (2263)ga qarshi bahs olib bordi. Hamyurtimiz o‘yin davomida qiyin vaziyatga tushib qolganiga qaramay, nafaqat undan chiqib ketdi, balki bahsni g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Natijada Hamdamova 9 o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 9taga yetkazib oldi. E’tiborli tomoni, Afruza 1-tur o‘yiniga yetib bora olmagani uchun raqiblaridan bitta o‘yin kam o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

Bugun bo‘ladigan so‘nggi tur natijasidan qat’i nazar Afruza Hamdamova jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Boisi, 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan qozog‘istonlik Elnaz Qaliahmet ham vatandoshimizga yutqazgan. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolganda dastlab o‘zaro o‘yin inobatga olinadi.

Shu sababli, Afruza Hamdamova muddatidan avval 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi. Qizlar o‘rtasida jahon chempioni egasi O‘zbekiston tarixida ilk bor paydo bo‘ldi.

Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Egamberdiyeva mos ravishda yosh toifalarida jahonning vise-chempionligiga erishgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:58, 24.11.2023.
O'qildi: 3049 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.