«Monako» bosh murabbiyi Adi Xyutter «PSJ» ustozi Luis Enrike haqida gapirdi.
«Bu bizning birinchi uchrashuvimiz bo‘ladi. U «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan ajoyib murabbiy.
U ajoyib o‘yin uslubiga ega. Men u bilan uchrashishni intizorlik bilan kutmoqdaman», - deya Xyutterning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Monako» matbuot xizmati.
24 noyabr, juma kuni Fransiya chempionatining 13-turi doirasida «Monako» safarda «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.