«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa darvozaboni Manuel Noyerning Germaniya terma jamoasidagi istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.
«Agar Manu sog‘lom bo‘lsa, bu savolga may yoki iyun oylarida javob beriladi. Hozircha u xotirjam bo‘lishi va restartdan zavq olishi kerak», - dedi Tuxel.