Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kapadze: «Navbahor»dek jamoani mag‘lub etish yoqimli»

Kapadze: «Navbahor»dek jamoani mag‘lub etish yoqimli»

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan «Olimpik» – «Navbahor» (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Butun jamoamizni g‘alaba bilan tabriklayman! Bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Albatta, «Navbahor»dek jamoani mag‘lub etish yoqimli.

Haqli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman. Yigitlarimizga rahmat aytaman, «Navbahor»ga esa omad tilab qolaman.

Ruslan Jiyanov boshida kelganida yarim yil zaxirada o‘tirgandi. Keyinchalik kuchayib, yangi darajaga chiqdi. Albatta, Ruslanning o‘rni bo‘lakcha, chunki hujumdagi kreativligi, texnikasi bilan jamoaga yordam berayotgandi. U ketdi, uning o‘rniga kelgan futbolchilar ham albatta iqtidorli, ammo ularga vaqt kerak. Ularga imkon beryapmiz va ular sekin-asta o‘sib borishmoqda. Albatta, kimdir o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda, kimdir esa yo‘q. Bizning vazifamiz ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish. Bu – futbol. Asosiysi, tinimsiz ishlayapmiz», – dedi Kapadze.

Kiritildi: 23:22, 24.11.2023.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик