Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Samvel Babayan: «Mavsum boshida oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olmadik»

Samvel Babayan: «Mavsum boshida oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olmadik»

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan Olimpik – Navbahor (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun o‘yinimiz yaxshi bo‘lmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Chempionatdagi to‘xtalishlar bizga qiyinchilik tug‘dirdi. «Bunyodkor» bilan uchrashuvda nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik. Bugun esa birinchi bo‘limni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik. Bu nima bilan bog‘liq? Bilasizmi, menimcha psixologik muammo bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Ikkinchi taymda yaxshi o‘ynagan bo‘lsakda, afsuski, to‘p darvozaga kirishni xohlamadi. Nima ham deyishim mumkin?

«Olimpik»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib yaxshi himoyalandi va yaxshi hujumga o‘tdi. Umuman, yaxshi futbol ko‘rsatdi. Har tomonlama sifatli o‘yin namoyish etdi. O‘rni kelganda aytishim mumkinki, gollar ham chiroyli darajada bo‘ldi. Bugun «Navbahor»ning kuni emas ekan. Nima ham derdim? Chempionatdagi intriga tugadi. Bu mavsumdagi natijalarni tahlil qilib chiqishga yana ozgina vaqt bor deb o‘ylayman. Avvalo, oldimizdagi uchta o‘yinni yaxshi o‘tkazib olishimiz kerak. Shundan so‘ng 2023 yilgi natijalarni tahlil qilsak bo‘ladi.

Yaxshiboyev hozirgi kunda davolanyapti va ayni paytda reabilitasiya jarayonini o‘tayapti. Uni terma jamoaga chaqirishganini sababi, Masharipov kutilmaganda terma jamoa bilan safarga bormaydigan bo‘lib qolgandi. Shu bois Yaxshiboyevni termaga chaqirishgan.

Mavsum boshida oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olmadik. Bu aniq fakt. Mavsumdagi oxirgi o‘yinimizni o‘tkazib olganimizdan keyin hammasini ko‘rib chiqamiz. Nimaga erishdik va nimaga erisha olmadik, ana shunda barchasini tahlil qilamiz. Kubok ham, chempionlik ham bizga nasib qilmadi. Nima uchun maqsadimizga erisha olmadik? Buni albatta o‘rganib chiqamiz.

Tan olaman, bizda tajribali murabbiy Aleksa Boshkovich ishladi. Afsuski, u hozir klubda yo‘q. Uni ketishi oilaviy sabablar bilan bog‘liq. U bilan kecha astoydil gaplashib oldik. O‘ylaymanki, «Navbahor» futbolchilarining hozirgi jismoniy tayyorgarligi a’lo darajada. Agar bu borada muammo bo‘lganida jamoamiz bugun 98 daqiqa davomida hujum qila olmasdi. Aytishim kerakki, Boshkovich o‘rnida mahalliy mutaxassis Sherzod Jo‘rayev ham yaxshi ishlayapti. Uning o‘rnini bildirmasdan yuqori darajada mehnat qilyapti”, – dedi Babayan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:26, 25.11.2023.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.