Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Keynsiz ham hayot bor yoxud «Tottenxem» hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar

Keynsiz ham hayot bor yoxud «Tottenxem» hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar

Baho:
+ | -

Joriy mavsumga bosh goleadori va yetakchisi Xarri Keynsiz hamda yangi bosh murabbiy Ange Postekoglu boshqaruvida kirishgan «Tottenxem» APLning dastlabki 10ta turida mag‘lubiyat nimaligini bilmadi: 8ta g‘alaba va 2ta durang. O‘zi «taqachilar» avvalgi mavsum finishida «Lids»ni yirik hisobda mahv etish bilan omadsiz ishtirok uchun muxlislardan uzr so‘ragandek bo‘lgandilar. Chunonchi, tarkib nuqtai nazaridan salohiyati binoyidek baholangan jamoa milliy chempionatni atigi 8-o‘rinda yakunlab, hattoki, KL yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritolmagandi. Shuni nazarda tutsak, «Tottenxem»ning joriy mavsumni dahshatli boshlagani - yoqimli «syurpriz», albatta. Ha, «shporlar» FIFA kunlari oldidan bir hafta ichida qatorasiga 2ta o‘yinda yutqazishdi («Chelsi» va «Vulverxempton»ga), ammo futbol sifati bo‘yicha emas.

***

Ha, «Tottenxem» APL startida 10ta o‘yindan 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvali peshqadami sifatida gavdalandi - nogahoniy karvonboshi. Jamoa Garri Keyndek asosiy hujumchisidan ayrilganini inobatga olsak, «taqachilar»ning chempionatga shiddat bilan kirishgani ko‘pchilik uchun chinakam «syur­priz» bo‘ldi. E’tiborli tomoni, Ange Postekoglu drujinasi ushbu ajib seriya davomida Angliyada an’anaviy «kuchli oltilik» qatorida tilga olinadigan raqiblardan 3tasi bilan kuch sinashib, «MYU»ni 2:0, «Liver-pul»ni 2:1 hisobida yengdi va faqat «Arsenal» bilan jangovar durangga imzo chekdi - 2:2. Yana bir tomoni, «taqachilar» shu uchrashuvlarning har birida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka erishishdi, hatto «Emireyts»da ham ishtiyoqli «to‘pchilar»ni ancha qiynab qo‘yishdi. Oddiy aytganda, hozirgi «Tottenxem» Joze Mourinyo va Antonio Konte davridagidek qo‘rqoq jamoa emas, maydonda dadil, lekin aql bilan to‘p surmoqda. Kerakli vaqtda yuqori pressing qo‘llashi, o‘yinni nazorat qilishi yoki qarshi hujumga o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, 1-raqam ostida to‘p surish ham jamoa uchun juda qulay uslubga aylandi. To‘g‘ri, «taqachilar» ba’zi uchrashuvlarda qiynalishmoqda, muhimi, ko‘zlangan maqsad sari dadil odimlashdan to‘xtamayaptilar.

***

Diqqat qiling, «Tottenxem» hozir APLda raqib darvozasi tomon eng ko‘p zarba yo‘llaydigan jamoa bo‘lib turibdi. Shunga muvofiq, chempionatning eng sermahsul ishtirokchilari qatorida bormoqda. «Tottenxem» hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni barcha jamoalar, jumladan, azaliy raqib - «Arsenal» ham sezib ulgurdi. «Taqachilar» chiroyli o‘yinga yarasha individual sovrin yig‘ishda ham o‘ta faollar. Misol uchun, Ange Postekoglu APLda qatorasiga 3 marta oy laurea­tiga aylandi (chempionat tarixida biror murabbiy fao­liyatining start qismida bunday natija qayd etgan emasdi. Xullas, ko‘pchilik muvaffaqiyatda yangi bosh murabbiy hissasi katta ekanligini haqli ravishda e’tirof etmoqda. Vaholanki, uni anchayin ishonchsiz ruhda kutib olishgandi. Axir Angliyada chempionlikka erishgan Joze Mourinyo va Antonio Konte rahbarligida natijaga erisholmagan «Tottenxem» boshqaruvi bunga qadar hech qachon APLda ishlamagan avs­traliyalik mutaxassisga ishonib topshirilgandi. Ange Pos­tekogluning o‘zi bunday gap-so‘zlarga mutlaqo e’tibor qaratmadi, Londonda ish boshlashi bilan yangi shogird­lariga «Seltik»da yo‘lga qo‘ygan dadil, hujumkor futbol uslubini singdirishga kirishdi. Tez orada klub prezidenti Deniel Levi murabbiy hayotbaxsh havo olib kirganini ochiq e’tirof etdi. Darhaqiqat, Ange   qisqa vaqt­da rahbariyat, jamoa a’zolari va muxlislar bilan azaliy qadrdonlardek til topishib ketdi. O‘yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchilar vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda, janjal ko‘tarishmayapti, maydonga tushganlari shunchaki, «xo‘ja ko‘rsin»ga o‘ynamay, astoydil jon kuydirishyapti. Aftidan, Konte juda ko‘p gapirgan, lekin amalga oshirolmagan o‘yin madaniyatini Postekoglu asta-sekin shakllantirmoqda.

***

Ange Postekoglu kelishi bilan jamoa ajoyib transferlarni amalga oshirdi. Keyn uchun «Bavariya»dan olingan mablag‘ yosh iqtidorlar xaridiga sarflandi. O‘tgan yoz Gilyelmo Vikario, Mikki van de Ven, Jeyms Meddison, Brennan Jonson va Manor Solomon safga qo‘shilishdi. Destini Udoji «Udineze»dan qaytdi, ijara muddatini o‘tagan Pedro Porro va Deyan Kulushevski transferi xarid qilindi. Endi bu futbolchilar (Solomondan tash­qari) - asosiy tarkib a’zolari. E’tiborli tomoni, bular orasida eng yoshi kattasi - Meddison va Vikario (26 yosh). «Tottenxem» avvalgi mavsum tarkibning o‘rtacha yoshi bo‘yicha APLda 18-«qariya» jamoa edi. Hozir esa 4-yosh ishtirokchi bo‘lib turibdi. Qisqasi, jamoa keskin yoshardi va qayta shakllandi.

***

«Tottenxem»ning yana bir yutug‘i - Ugo Lyoris o‘rniga munosib darvozabon topgani. Atigi 20 mln. yevroga xarid qilingan Gilyelmo Vikario «seyv»lar soni bo‘yicha APL darvozabonlari orasida yetakchi o‘rinlarda bormoqda. Himoyachi van de Ven esa bir nechta ishonchsiz o‘yinlardan keyin o‘zini o‘nglab oldi va tobora tetiklashmoqda. U markaziy himoya pozisiyasida Kristian Romero bilan kuchli tandem tashkil etdi, sifatli uzatmalari bilan hujumga yordam bermoqda. Bu o‘ta kuchli pressingdan ham aniq uzatmalar vositasida chiqishga intilayotgan «taqachilar» uchun o‘ta muhim jihat. Albatta, jamoaning yozgi eng manfaatli xaridi - Jeyms Meddison. Qizig‘i, «Tottenxem» ajoyib ijrochini deyarli kurashsiz o‘z tomoniga og‘dirdi. Ehtimol, bunga hozirda klassik «10-raqam»ga talab pasayib ketgani sababdir. Lekin Postekoglu uzoq o‘ylab o‘tirmadi va Jeymsni hujumkor yarim himoyachi pozisiyasiga moslashtirdi. Meddison esa yangi rolda birdan samarali to‘p sura boshladi, hozir uning hisobida 2ta gol va 5ta assist bor.

***

Son Xyong Minni alohida ta’kidlamaslikning iloji yo‘q. Sardorlik bog‘ichi koreyalik futbolchi zimmasiga qo‘shimcha mas’uliyat yuklab, shunga yarasha kuch-quvvat bag‘ishladi. Murabbiyning ishonchi to‘la-to‘kis o‘zini oqlamoqda. Keynning yo‘qligi va Risharlisonning beqarorligi tufayli, Son Xyun tez-tez markaziy hujumchi pozisiyasida ham to‘p surmoqda. Bu uning sevimli joyi bo‘lmasada, sermahsullik bobida muammo yo‘q. Koreys yigiti hozirga qadar APLda 6ta gol rasmiylashtirdi va oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bundan oldin esa oy laureatiga atalgan sovrin Meddisonga berilgandi. Fulbeklar Porro va Udoji himoyada ham, oldingi chiziqda ham effektli harakatlanishmoqda. Tayanch hududi esa Iv Bissuma va Pape Sarrning tasarrufida. Bir qarashda, tayanch yarim himoyachilari dueti eng kuchli juftlik emasdek, lekin ular talab darajasida o‘yin ko‘rsatishmoqda. Jonson, Solomon va Kulushevski oldingi chiziqdagi qo‘shimcha kuchlar hisoblanadilar. Xullas, «taqachilar» sermazmun o‘yin namoyish etadigan saviyali, navqiron va shijoatli tarkibga egalar. Shu payt­gacha «Tottenxem»ga barqarorlik pand berib kelardi. «Taqachilar» joriy mavsum shu muammoni ham bartaraf eta olsalar, yuksak natijalarga da’vo qilishlari aniq.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:46, 25.11.2023.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.