Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pirlo jamoasi ketma-ket g‘alabalar qayd etmoqda

Pirlo jamoasi ketma-ket g‘alabalar qayd etmoqda

Baho:
+ | -

Mavsumni juda kamtarona boshlaganidan so‘ng, "Sampdoriya" ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. Jamoa bu safar "Spesiya"dan ustun keldi.

"Sampdoriya" bosh murabbiyi Andrea Pirlo xursandligini yashirmayapti - uning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘alaba futbolchilarning o‘zlariga yanada ko‘proq ishonishlari uchun juda muhim bo‘lgan.

"Oldingi g‘alabalardan so‘ng buni yana takrorlash va qaytganimizni ko‘rsatish muhim edi. Faqat birinchi bo‘limda gol ura olmaganimiz achinarli, chunki imkoniyatlar bo‘ldi. Biz nihoyat bir jamoaga aylandik. Buni qiyin paytlarda ko‘rish mumkin", - deya Pirloning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Italiyaning ITASportPress agentligi.

Kiritildi: 07:36, 26.11.2023.
O'qildi: 2327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик