Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Yanvar oyida yangi jamoaga o‘tishi kutilayotgan APL yulduzlari: "MYU" va "Arsenal" vakillariga o‘yin amaliyoti zarur

Yanvar oyida yangi jamoaga o‘tishi kutilayotgan APL yulduzlari: "MYU" va "Arsenal" vakillariga o‘yin amaliyoti zarur

Baho:
+ | -

Ayrim futbolchilar kelasi yozda bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida qatnashish uchun o‘z kelajagi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘ladi. Biz bugun shunday APL yulduzlari haqida so‘z yuritamiz.
Germaniyadagi qit’a chempionatiga ko‘plab ishtirokchilar yo‘l olishdi. Ayrimlar esa bu yo‘lda o‘tish o‘yinlarida sinalishi kerak. Turnirga yo‘llanmasi bor terma jamoalarning ayrim vakillari doimiy o‘yin amaliyoti istamoqda. Ular shu yo‘l bilan jamoaga chaqiruv olishni istaydi. Quyida ularni bilib olasiz.

Aron Ramzdeyl – "Arsenal"

"Arsenal" vakili bu mavsumda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Bunga David Rayyaning jamoaga kelishi sabab bo‘ldi. Ramzdeyl o‘tgan mavsumda eng yaxshilardan biri edi. Hamma uni Angliya termasida Jordan Pikford o‘rnini tortib oladi deb o‘ylay boshladi. Hozir esa asosiy tarkib tugul, jamoaga chaqirilish masalasi muammoga aylanib qolmoqda. Negaki, Garet Sautgeytga o‘yin amaliyoti bor futbolchilar kerak. Bu borada Nik Poup, Sem Jonstoun va Jeyson Stillar variant sifatida mavjud. Ramzdeyl esa doimiy o‘yin amaliyoti uchun "Nyukasl" yoki "Chelsi"ga ketsa bo‘ladi.

Kalvin Fillips – "Manchester Siti"

Fillips Angliya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishga yaqin turgan yana bir futbolchidir. Yarim himoyachi hozirga qadar 4 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi xolos. 27 yoshli futbolchi uchun "Yuventus" va "Nyukasl" qiziqish bildirgan. Shu sabab Fillips qishda ulardan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

Donni van de Bek – "MYU"

Niderlandiyalik futbolchi "MYU"dagi eng foydasiz vakillardan biriga aylanib qoldi. 2020 yildan beri van de Bekni kamdan kam asosiy tarkibda ko‘rdik. Bu esa uning terma jamoadagi o‘rniga ham ta’sir qildi. Donni van de Bek Niderlandiya safida 2021 yildan beri ko‘rinish bermadi. Ammo uning umidi Yevro-2024 musobaqasidan hali ham bor. Buning uchun qolgan davrda u maydonga tushishi kerak bo‘ladi.

Antoni Marsyal – "MYU"

"Old Trafford"dagi eng eski nomlardan biri bu Marsyal sanaladi. U 2015 yildan beri jamoaga bilan birga. Bir paytlar Tyerri Anriga qiyoslangan futbolchi, ko‘p sabablar bilan o‘z darajasini namoyish eta olmadi. Agarda Marsyalning Fransiya termasidan hali ham umidi bo‘lsa, qishda o‘z jamoasini almashtirishi kerak.

Jorjinyo – "Arsenal"

Jorjinyo Italiya safidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Negaki, u "Arsenal"da zaxira variantiga aylantirilgan. Hozirda 31 yoshli yarim himoyachiga "Barselona" qiziqa boshlagan. Bu mavsum oxirida erkin agentga aylanishini hisobga olsak, "Arsenal" va futbolchi uchun qishda yangi jamoaga ketish, eng ma’qul variant bo‘lib ko‘rinmoqda.

Noni Madueke – "Chelsi"

Madueke 2022 yil yozda "PSV"dan sotib olindi. Ko‘plar undan katta narsalarni umid qilgandi. Ammo hozirgacha, hujumchining harakatlari asosiy tarkib uchun yetarli bo‘lmadi. Pochettino 22 yoshli futbolchidan APL bahslarida 5 marta foydalandi xolos. Agarda qishda yangi jamoaga ijaraga berilsa yoki sotilsa, Maduekeda doimiy o‘ynash imkoni bo‘ladi. Bu esa unga Sautgeyt e’tiboriga tushish imkoniyatini beradi.

Brayan Xil – "Tottenxem"

Xil "Tottenxem" safiga 2021 yilda olib kelingan edi. Uning xaridi londonliklarga 20 million funtga tushgan. Yarim himoyachi hozirga qadar, 2 mavsum davomida faqat 15 marta maydonga tushirildi. Shu sababdan Xil, yana Ispaniyaga qaytishni istamoqda. Agarda u doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, Ispaniya safida ham Yevroga borishi mumkin bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:10, 26.11.2023.
O'qildi: 3581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.