Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"MYU"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari: ulardan biri maydonga tushmaydi, ikkitasi jamoadan ketishga yaqin turibdi, boshqasi esa 60 million funtlik "omadsiz"

"MYU"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari: ulardan biri maydonga tushmaydi, ikkitasi jamoadan ketishga yaqin turibdi, boshqasi esa 60 million funtlik "omadsiz"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yigirmanchi asr oxiri va yigirma birinchi asr boshida gullab-yashnagan klub sifatida butun dunyoga ma’lumu mashhur bo‘ldi. Afsuski, bu davrlar XXI asrning ikkinchi dekadasiga kelib, ortda qola boshladi. Hozirda esa bu jamoaning ishlari o‘nglanib ketavermayapti. Masalan, oxirgi yillarda "MYU", klubga deyarli yordam bermagan yulduzlarni sotib olish va ularga maosh to‘lash uchun millionlab dollar sarfladi. Foyda esa ha deganda bilinmayapti. Hozir ham shu jarayonlar davom etmoqda. Klubning ayni damdagi eng ko‘p maosh oladigan oltita futbolchisining ikkitasi yanvarda jamoadan ketishi mumkin. Jamoaning natijalariga keladigan bo‘lsak, hozir "qizil iblislar" oltinchi o‘rinda. Ammo mavsum startini yomon holda boshladi. Bu esa so‘nggi 61 yildagi eng yomoni sifatida e’tirof etildi.

Erik ten Xag oxirgi paytlarda ko‘plab jarohatlanganlar bilan ishlashga majbur bo‘lmoqda. Eng yaxshi maoshga ega futbolchilar ham jarohati sababli maydonga kam ko‘rinish beryapti. Masalan, joriy mavsum, yuqorida ta’kidlangan oltita futbolchi jami 29 marta o‘yinlarni asosiy tarkibda boshladi. Bunday past ko‘rsatkichda ten Xag ham aybdor sanaladi. Aynan u Sanchoni tarkibdan butunlay chiqarib yubordi. Meyson Mauntni sotib olish ham Erik ten Xag g‘oyasi asosida amalga oshdi. Ammo hozir u jamoaga yordam bera olmayapti. Vaholangki, bu juftlik haftasiga 250 ming funt maosh oladi. Yana bir shuncha maoshga ega futbolchi bu Antoni Marsyaldir. Fransiyalik hujumchi bu mavsumda 2 bor maydonga tushgan xolos.

Marsyal, Sancho va Mauntning maoshini qo‘shib, uni bir yillik qilib hisoblasak, qariyb 30 million funt bo‘ladi. Ammo ularning joriy mavsumdagi ko‘rsatkichlari nolga teng. Ular hali birorta golda ishtirok etgani yo‘q. APL doirasidagi bahslarda bu uchlik jami olti bor maydonga tushdi.
"Manchester Yunayted"ning ikki yirik maosh egasi bo‘lgan Varan hamda Kazemiro qishda jamoani tark etishi mumkin. Sobiq "Real" yulduzlari jarohatlar sababli o‘zini ko‘rsata olmayotgan edi. Ularga Saudiya klublaridan takliflar bo‘layotgani aytilgan.
Agarda Kazemiro va Varan juftligi tez orada sotib yuborilsa, u holda klub ularga to‘lanadigan, yillik 36 million funtni tejab qoladi. Bu pulga esa hozirda jamoaga zarur hisoblangan yangi himoyachi sotib olish mumkin. Masalan, Jan-Kler Todibo yoki Edmond Tapsobani taxminan shuncha pulga xarid qilsa bo‘ladi.

Ko‘p maosh oladigab futbolchilar ichida, faqatgina Markus Reshfordgina doimiy maydonda ko‘rinish berib turibdi. Angliyalik hujumchi hozirda haftasiga 325 ming funt maosh oladi. Reshford bu mavsumda APLda faqatgina 1 ta gol urdi xolos. Aytish mumkinki, 25 yoshli vingerning vaziyatlarni ko‘kka sovurishi, mavsumning keyingi davrida qimmatga tushishi mumkin. Negaki, statistika "MYU"ni APL klublari ichida vaziyatlardan eng kam foydalanayotgan tomon sifatida taqdim etmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:01, 26.11.2023.
O'qildi: 5143 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.