Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Har bir APL klubining eng ko‘p sotilgan libos egalari ma’lum bo‘ldi

Har bir APL klubining eng ko‘p sotilgan libos egalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Biz APL klublarining eng mashhur futbolchilarini ularning liboslari sotuviga qarab aniqlab ko‘rdik. Keltirilgan ma’lumotlarning ayrimlari kutilmagan tuyulishi mumkin. The Athletic bergan xabarga ko‘ra, "Manchester Siti" yulduzi Xoland ayni damda Yevropada eng ko‘p muxlislarga ega. Negaki, uning libosi ommabop. Bu borada u "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemni ortda qoldirdi. Shu sababli "shaharliklar"ning marketing borasidagi yuzi, bu norvegiyalik hujumchidir.

"Arsenal"ning eng mashhur futbolchisi Bukayo Saka ekan. To‘pchilarning mutlaq ko‘pchilik muxlislari aynan Saka yozuvi tushirilgan futbolkalardan foydalanmoqda. Bu borada 22 yoshli vinger 105 million funtlik Deklan Raysni ortda qoldirgan. "Manchester Yunayted"ning eng xaridorgir libosi bu Reshford nomi tushirilgan futbolkalar bo‘lib turibdi. Uning libosi sardor Brunu Fernandeshnikidan ko‘proq talabgorlarga ega. "Chelsi"ning eng ko‘p sotilayotgan libosi ‐ bu Ris Jeyms yozuvlisi. Bu borada jamoa sardori eng qimmat futbolchilar bo‘lgan Enuo Fernandes va Moyses Kaysedodan oldinda bormoqda.

"Liverpul" marketing yo‘lini hali ham Muhammad Saloh nomi belgilab bermoqda. Garchand Salohning Saudiya Arabistoniga ketishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar yurganiga qaramasdan, misrlik muxlislar tomonidan qadrlanadi.
"Tottenxem" libosini istovchilar asosan Songa muxlislik qilishar ekan. "Nyukasl"ning xaridorgir liboslari Gimaraynsh nomi bilan bozori chaqqonlashyapti. Rivojlanishda davom etayotgan "Aston Villa"da eng mashhur futbolchi Olli Uotkinsdir. Buni uning futbolkasi eng ko‘p sotilganidan bilib oldik. "Brentford" va "Brayton"da bu maqom mos ravishda Ayvan Tauni va Kauru Mitomalarga tegishlidir.

Qolgan o‘rtamiyona klublarning eng xaridori ko‘p futbolkalari quyidagi futbolchilarga tegishli. Dominik Solanke, Manuel Benson  Eberechi Eze, Kalvert-Lyuin va Joau Palinyalar mos ravishda "Bornmut", "Byonrli", "Kristal Pelas", "Everton" va Fulxem"da mashhur nomlarga aylangan. "Luton", "Nottingem", "Sheffild", "Vest Xem" va "Vulvz" uchun Pelli Ruddok, Gibbs-Uayt, Kameron Archer, Jarrod Bouen va Xi-CHanlar marketing yuzi bo‘lib bermoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:32, 26.11.2023.
O'qildi: 2372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.