Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-0 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 2-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Navbahor" muxlislariga ajoyib yangilik e’lon qilindi

"Navbahor" muxlislariga ajoyib yangilik e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL)ning 5-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)ni qabul qiladi va mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 100.000 so‘m etib belgilangan.

Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va “Navbahor” PFK rahbariyati sa’y-harakatlari bilan, shuningdek, jamoaning ashaddiy hamda fidoiy muxlislarini hurmat qilgan holda, endi ishqibozlar Superligasining so‘nggi, 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” o‘yiniga “Navbahor”- “Al-Hilol” bahsi uchun chiqarilgan chiptalar bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin, ya’ni, endi muxlislar bitta chipta bilan 2 ta o‘yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Farg‘onaliklar bilan bo‘ladigan uchrashuvga chiptalar chiqarilmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Shu bois, muxlislardan “Navbahor” – “Al-Hilol” o‘yinidan so‘ng ham chiptalarini saqlab qo‘yishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:01, 28.11.2023.
O'qildi: 17291 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик