Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Trippyer: "Penalti bo‘lmaganini hamma ko‘rdi"

Trippyer: "Penalti bo‘lmaganini hamma ko‘rdi"

Baho:
+ | -

"Nyukasl" futbolchisi Kiran Trippyerning fikricha, Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "PSJ" (1:1) uchrashuvida hakamlar penalti belgilab, xatoga yo‘l qo‘ygan.

"Men futboldan zavq olishga harakat qilaman va bu masalalarni muhokama qilishdan charchadim. Qaror har doim hakam tomonidan qabul qilinadi. U monitorga borish imkoniyatiga ega bo‘ldi, u buni qildi. Shunchaki tushunmayapman, u to‘pning ko‘kragidan tushib, Livramentoning qo‘liga sirpanib tushganini ko‘rishi kerak edi. Men shu yerda turib, ushbu qarorlarni muhokama qilyapman, nega uchrashuv rasmiylari buni qila olmaydi? Nega hakam chiqib, nega bu penalti belgilaganini tushuntira olmaydi? Bugun barcha yigitlarimiz bor kuchlarini berishdi. Bu penalti emasligini hamma ko‘rdi", - dedi Trippyer The Independent bilan suhbatda.

Chempionlar ligasi doirasidagi "Nyukasl" – "PSJ" uchrashuvi so‘ngida parijlik futbolchi Usmon Dembele "qarg‘alar" jarima maydonchasi ichida to‘p uzatishga urinib, himoyachi Valentino Livramentoga zarba berdi. To‘p ingliz futbolchisining tanasidan chiqib, tirsagiga tegdi. Bosh hakam Shimon Marchinyak videotakrorni tomosha qilib, penalti belgiladi va uni Kilian Mbappe golga aylantirdi.

Kiritildi: 16:18, 29.11.2023.
O'qildi: 1868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.