Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze 2-2 Torino
29/12 19:00 Napoli 1-0 Venetsiya
29/12 19:30 Lester 0-2 Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem 2-2 Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas 2-1 Sautgempton
29/12 20:00 Everton 0-2 Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem 2-2 Bornmut
29/12 22:00 Yuventus 2-2 Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

APL: Yangi yil jumbog‘i

APL: Yangi yil jumbog‘i

Baho:
+ | -

Mavsumni omadsiz boshlagan «Chelsi» oxirgi uchrashuvlarda ajoyib natijalarga erishmoqda.

Hech kim Pochettinoning iste’fosini talab qilmayapti, «ko‘klar» esa asta-sekin yevrokuboklar hududiga yaqinlashmoqda. Ana shu ijobiy siljish ta’sirida qiziqarli savol yuzaga keldi: jamoa joriy yil yakunida top-5dan joy olishga munosibmi?

Top-5ga intilishda «Chelsi»ga dalda beradigan omillar

Terma jamoalar o‘yinlari pauzasiga qadar o‘tkazilgan 8 uchrashuvda (2tasi kubok o‘yini) «ko‘klar» atigi bir marta imkoniyatni boy berishdi. Boz ustiga, shu davr ichida 3 marta yetakchilik uchun kurashayotgan grandlar bilan kuch sinashdilar. Qatorasiga rasmiylashtirilgan 3 g‘alabadan keyin «Arsenal»dan tortib olingan ochko jamoa ruhiyatini mustahkamlagan bo‘lsa, «Tottenxem»ni mahv etish va chempionni sulh tuzishga majbur etish o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada oshirib yubordi. Mavsum startini jadvalning 2-o‘ntaligida o‘tkazgan jamoa uchun hayratda qoldiradigan yutuq. Eng asosiysi, bu ijobiy siljish jamoaning yetakchilar safiga ko‘tarilishida ta’sirchan turtki bo‘lishi mumkin. Ekspertlar - jumladan, Jeymi Karrager ham shunday fikrda: «Endi o‘yinchilarda dunyoning eng kuchli jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsata olishlariga, murabbiyda esa shogirdlarini har qanday muhim o‘yinda raqibga muammolar yarata oladigan darajada tayyorlashga ishonch paydo bo‘ldi».

Jamoadagi ichki muhit a’lo darajada, Yangi yilgacha esa yana 8ta tur bor!

Inkor etuvchi fikrlar: Emosiyalar tizim o‘rnini to‘ldira olmaydi

Lekin impulsning ahamiyatiga ortiqcha baho berish ham kerak emas. Faqat uning ko‘magi bilan butun mavsumni yuksak saviyada o‘tkazishning iloji yo‘q - «Ural» o‘ta shiddatli startdan keyin odatiy pozisiyasiga qaytayotganligini ko‘rib turibmiz. Yuran ketganidan keyin «Ximki»ning sochilib ketganiga guvoh bo‘lganmiz. Yevropada avvalgi qishni dadil o‘tkazgan «Lester» yakunda elitani tark etdi.

«Ko‘klar»ga e’tirozlarimiz quyidagicha: uzun zaxira o‘rindig‘i bilan mashg‘ulot jarayonini samarali o‘tkazish juda qiyin, o‘yinchilar bir-birlari bilan juda sekin til topishadilar. Mutasaddilar esa transferlar uchun millionlarni sarflashni davom ettirmoqdalar. Grandlar bilan tengma-teng kurashishi ajoyib. Lekin o‘z mavqei va holatiga xolis baho berishni ham unutmaslik kerak. Hozirgi «Chelsi» - endigina teta-poya bo‘layotgan inqirozli klub.

Navbatdagi dalda beruvchi omillar

«Chelsi»dan yuqoridagi jamoalarda muammolar yo‘qmi? «Vest Xem» o‘tgan mavsumga nisbatan olg‘a siljigan bo‘lsada, «ko‘klar» undan bemalol ochko tortib olishlari mumkin. «Brayton» ancha cho‘kib qoldi - zaxira o‘rindig‘i qisqa bo‘lgan «chaykalar» uchun YELdagi ishtirok og‘ir kechdi, jamoa oxirgi 6 uchrashuvni g‘alabalarsiz yakunladi. «MYU» o‘z o‘yinini topa olmayapti, ijobiy sijishdan darak yo‘q. «Nyukasl»ni ikki frontdagi kurash qiynab qo‘ydi - YECHLning 3-turidan keyin «hakkalar» «Vulverxempton» (APLda 12-o‘rinda) bilan durang o‘ynab, 4-turdan keyin 17-o‘rindagi «Bornmut»ga imkoniyatni boy berishdi. To‘g‘ri, «Aston Villa»ga qarshi bellashuv og‘ir bo‘ladi - bu o‘yinni jamoaning mustahkamlik zaxirasi hal qiladi.

Inkor etuvchi  fikrlar

Agar «shaharliklar»ga qarshi og‘ir uchrashuv bilan mavsum nihoyasiga yetganida, londonliklar yengil tin olishlari mumkin bo‘lardi - top-bellashuvlar davom etadi. Pauzadan keyin Maurisio Pochettino shogirdlarini «Nyukasl» kutib oladi. «Ko‘klar» «hakkalar»dan 4 ochkoga ortda borishmoqda. Keyin jamoa o‘zidan 3 ochkoga o‘zib ketgan «Brayton»ni mehmon qiladi, keyin «Old Trafford»da «MYU» bilan kuch sinashadi. Qisqasi, «Chelsi»da sal yengilroq nafas olishga ham vaqt yo‘q, yosh ijrochilarning bunday bellashuvlarda bardosh bera olishlariga esa, kafolat yo‘q. Qo‘shimchasiga, hozir «aristokratlar» avvalgidek favorit maqomida emaslar.

Navbatdagi dalda beruvchi omillar

Avvalgi argumentni ikki uchli tayoqqa qiyoslash mumkin. Lekin biz tayoqning ijobiy uchini tanlaymiz. Chunki turnir jadvalida yonma,yon kelayotgan «MYU», «Nyukasl» va «Brayton» o‘z muammolarini bartaraf eta olmagan yoki unga endi duch kelgan bo‘lsa, «Chelsi» ulardan forig‘ bo‘lish omilini topgan shunga intilmoqda. «Ko‘klar» tomon tosh otishlar o‘tgan yili boshlangandi. Qishki transfer mavsumidan keyin xurujlar yanada kuchayib ketdi, yozda bosh ko‘targan ikkinchi to‘lqin yangi mavsum startigacha davom etdi. Shunday o‘ta jiddiy ruhiy bosimlarda toblangan jamoa 3-4ta prinsipial bellashuvni bemalol o‘z foydasiga hal qila oladi.

Inkor etuvchi  fikrlar

Maurisio Pochettinoning «sayqal ko‘rmagan olmoslar» bilan tinimsiz harakatlari evaziga ijobiy siljishlar sezilmoqda. Biroq muvozanatni tiklash, sur’atni saqlab qolish zarur. qandaydir arzimas xatolik hammasini yo‘qqa chiqarishi hech gapmas. Shu sababli yevrokubok musobaqalarining yo‘qligi londonliklar foydasiga xizmat qiladi. Aynan shu sabab tufayli dekabr oyidagi o‘yinlar ancha­yin murosasiz tarzda o‘tishiga shubha yo‘q. Jamoalar har 3 yoki 4 kunda maydonga tushadilar. Ana shu tig‘izlik sport formasini to‘liq tiklay olmagan jamoa uchun sezilarli zarba bo‘lishi aniq. Qo‘shimchasiga, 3ta uchrashuvda jamoa bevosita asosiy raqobatchilarga qarshi kurashadi.

Yakuniy xulosa

Yetakchi beshlikdan, ayniqsa, YECHL hududidan joy olish borasida yangi yil bayrami yaqinlashib qolganida mulohaza yuritamiz. O‘sha paytda «Villa» hamda «Tottenxem»ning olis masofadagi qudrati oydinlashadi. Va albatta, «Chelsi»ning nimalarga qodir ekanligi ham. Eng muhimi, «MYU» va «Brayton»ga qarshi o‘zaro uchrashuvlarda muvaffaqiyatga erishish, undan avval esa «Nyukasl» maydonidan 3 ochko bilan qaytish talab etiladi.

Xullas, «Chelsi»dagi taraqqiyot kishiga optimizm bag‘ishlaydi - «ko‘klar» yanada yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarilish va «sherlar»ning yaqin qo‘shnisi bo‘lishga loyiqlar.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:36, 29.11.2023.
O'qildi: 2434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.