Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Aguero Angliyada jurnalistlarni aldagani ma’lum bo‘ldi

Aguero Angliyada jurnalistlarni aldagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Mayk Richards argentinalik hujumchi Serxio Aguero britaniyalik jurnalistlarni qanday aldagani haqida gapirdi.

“Serxio ularni yillar davomida aldab kelgan. Jurnalistlar undan intervyu olmoqchi bo‘lganlarida, u doim ingliz tilini bilmasligini aytadi. Ammo Aguero bu tilda juda yaxshi gapiradi", - dedi Richards.

Eslatib o‘tamiz, Serxio 2011 yildan 2021 yilgacha "Manchester Siti"da o‘ynagan. Argentinalik futbolchi "shaharliklar" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Hujumchi yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli 2021 yilning dekabrida faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi. O‘shanda forvard "Barselona"da o‘ynar edi.

Kiritildi: 12:29, 02.12.2023.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик