Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Neftchi futbolchisi bilan shartnoma uzaytirdi

Neftchi futbolchisi bilan shartnoma uzaytirdi

Baho:
+ | -

Zoir Jo‘raboyev Tojikiston milliy terma jamoasining a’zosi sifatida qo‘shni davlat futbolini rivojlantirishga barakali hissa qo‘shgan sportchilaridan biridir.

Ma’lum muddat "Surxon" futbol klubi tarkibida ham qizg‘in faoliyat yuritgan. "Neftchi"ga Vitaliy Levchenko bosh murabbiy etib tayinlangach, murabbiylar shtabi Zoir Jo‘raboyevni Farg‘onada to‘p tepishga taklif etdi.

Shu tariqa bu futbolchi bu yilgi mavsumda "Neftchi"ning peshqadamlik sari dadil qadamlashida faol ishtirok etib, himoyachi sifatida jamoaning qator uchrashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishi va nihoyat mavsumni peshqadamlar safida yakunlashiga munosib hissa qo‘shdi. Ana shularni hisobga olib klub rahbariyati u bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Zoir Jo‘raboyev yakuniga yetgan mavsumda O‘zbekiston Superligasida 25 uchrashuvda maydonga chiqib,  2065 daqiqa xarakat qildi.

Mavsum  davomida bitta gol urishga erishgan va ikki golga assistentlik vazifasini bajargan.

Kiritildi: 19:25, 02.12.2023.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.