Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich 2024 yilgi Yevropa chempionatiga qur’a tashlash natijalarini sarhisob qildi.
Yevro-2024 da Xorvatiya terma jamoasi Ispaniya, Italiya va Albaniya bilan bir guruhdan joy oldi.
"Albatta, bu turnirdagi eng qiyin guruh. Maqsadimiz nima ekanligini bilamiz: guruh bosqichidan o‘tish va men optimistman. Biz o‘tgan safar chempion bo‘lgan Italiya termasi va Millatlar ligasida g‘olib chiqqan Ispaniya bilan to‘qnash keldik. Demak, guruhdagi so‘nggi o‘yinimiz Italiyaga qarshi hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Italiya hozir juda yaxshi ko‘rinmoqda, ular amaldagi Yevropa chempioni va chempionlikni himoya qilishni xohlashadi. Tayyorlanishimiz uchun yana olti oy vaqtimiz bor. Eng muhimi, Luka Modrich, Ivan Perishich va Marselo Brozovich kabi futbolchilar yaxshi formada", — dedi Dalich Football Italia bilan suhbatda.