"Barselona" yozgi transfer oynasida hujumchi Robert Levandovskini sotishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar bermoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda Levandovski 17 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali mutaxassislari 35 yoshli polshalik hujumchini 30 million yevroga baholamoqda.
"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. La Liganing so‘nggi o‘yinida Xavi shogirdlari "Atletiko Madrid"ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.