Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 0-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Andijon"dan bunday natija ilk bor yoxud safarda ham uydagidek!

"Andijon"dan bunday natija ilk bor yoxud safarda ham uydagidek!

Baho:
+ | -

Superliga-2023” yakunlangach, uning sarhisobi qilinadi, kimning qanday ishtirok etganiyu, qanaqa natijalar ko‘rsatgani bamisoli oyna singari ko‘zguda aks etadi.

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi chempionatda 40 ochko to‘plab 7-o‘rindan joy oldi (bu borada 6-o‘rin egasi “Surxon” bilan ochkolari teng, faqat o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha Termiz jamoasi oldinda). Yil davomida “Burgutlar”ning parvozini ko‘rgan muxlis va mutaxassislar ko‘plab ijobiy fikrlarni bildirdilar. Bunga yana qo‘shimcha ravishda shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, “Andijon” safarda ham ishqibozlarini xursand qilgan o‘yinlari bisyor bo‘ldi. Bu fakt!

Rosti, “Andijon” klubining mehmonda qayd etgan bu yilgi natijasi O‘zbekiston chempionati tarixida eng yaxshisiga aylandi. Boisi, jamoaning 1992 yildan beri O‘zbekiston chempionatida safarda qayd etayotgan natijalariga e’tibor qaratganimizda hozirgacha eng yaxshi ko‘rsatgichlari 1999 hamda 2008 yillarga to‘g‘ri kelayotgandi.

1999 yili “Andijon” mehmonda 4 g‘alaba va 3 durang o‘ynab 16 ochko jamg‘argan. 2008 yilda esa safar bellashuvlarida 4 g‘alaba hamda 2 durangga erishgan holda 14 ochko to‘plagan. 2023 yilgi birinchilikda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov va uning shogirdlari safardagi aksariyat uchrashuvlarda ham xuddi o‘z uyida o‘ynagandek taassurot qoldirdi. Natijada “Andijon” klubining O‘zbekiston chempionati tarixida mehmonda erishgan eng yaxshi natijasi qayd etildi.

Boisi, bu mavsumda “Burgutlar” Superliga bahslarida mehmondagi 5 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va 2 tasida durang qayd etgan.

1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 0:1
4-tur. “Olimpik” – “Andijon” – 0:1
13-tur.  “Buxoro” – “Andijon” – 0:1
22-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:2
25-tur. “Turon” – “Andijon” – 1:3

Shuningdek, Toshkentda “Paxtakor” (1:1) va Farg‘onada “Neftchi” (0:0) bilan bahslarda durang kuzatilgan.

“Andijon”  o‘z maydonida:   
O‘    Yu  D  M  T-N.       O
13  7   2   4   16-11    23

“Andijon” safarda:  
O‘    Yu  D  M  T-N.        O
13  5    2   6  11-14    17

Ko‘rib turganingizdek, safardagi o‘yinlarda “Andijon” 17 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Andijon”ning bungacha Superligadagi oxirgi ishtiroki hisoblangan 2021 yilda mehmonda 2 tadan g‘alaba va durang, shuningdek, 9 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu gal Superligaga qaytishida jamoa nafaqat o‘z uyida, balki safarda ham ishqibozlarini quvontirishni uddaladi. Bu borada Xomyakov va uning jamoasiga ofarin! Ayniqsa, bosh murabbiyning topqirligi, qo‘llagan taktik sxemalarini futbolchilar maydonda to‘g‘ri yo‘nalishda qo‘llay olganliklari evaziga “Burgutlar” ancha muvaffaqiyatli natija qayd eta oldilar.  Demak, “Andijon” mehmondagi g‘alabalar soni bo‘yicha bu yil o‘z tarixida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

"Andijon" matbuot  xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 14:42, 05.12.2023.
O'qildi: 2014 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.