Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Vinisius Junior BMTning inson huquqlari bo‘yicha sport elchisiga aylandi

Vinisius Junior BMTning inson huquqlari bo‘yicha sport elchisiga aylandi

Baho:
+ | -

“Real” futbolchisi Vinisius Junior irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha bayonot berdi.

"Salom. Mening ismim Vinisius Junior. “Real Madrid”da to‘p suraman.

Joriy yilda inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganiga 75 yil to‘ldi, bu tarixda muhim voqea hisoblanadi. Bugun biz inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarimizni yangilashimiz darkor.

Tarixga nazar solsak, irqchilik va kamsitish ko‘plab odamlarni imkoniyatlardan mahrum qilib kelgan, bu holat, hatto, sportda ham sodir bo‘lgan. Irqchilikka qarshi birlashish vaqti keldi. Sportda irqiy kamsitishga toqat qilmaslik kerak. Har bir tashkilot kamsitishlar haqida hech qanday shartlarsiz xabar berish va unga qarshi kurashish uchun mavjud mexanizmlardan foydalanishi lozim.

Jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish kerak. Biz irqchilikka qarshi ta’limga sarmoya kiritishimiz, odamlarni o‘z huquqlarini bilishga undashimiz va bunda yordam berishimiz darkor.

Keling, sportni irqchilik va kamsitishlardan xoli bo‘lgan inklyuzivlikning haqiqiy namunasiga aylantiraylik.

2023 yil men uchun sport va jamiyatdagi noto‘g‘ri qarashlarni yo‘q qilish uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishimiz kerakligini eslatib turdi. Menimcha, irqchilikka qarshi bilimlar butun dunyoda tenglik va inson huquqlarini ilgari surish bo‘yicha harakatlarimiz markazida turishi shart.

Shuning uchun men BMTning inson huquqlari bo‘yicha sport elchisi sifatidagi yangi lavozimimni e’lon qilishdan juda mamnunman. Bu vazifani men g‘urur, hayajon va mas’uliyat bilan o‘z zimmamga olaman", — dedi Vinisius Junior.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Vinisius bir necha bor raqib jamoa muxlislari tomonidan irqchilik bilan bog‘liq haqoratlarga duch keldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:47, 06.12.2023.
O'qildi: 1370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.