Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Aston Villa" o‘z yarim himoyachisiga so‘nggi narxni belgiladi

"Aston Villa" o‘z yarim himoyachisiga so‘nggi narxni belgiladi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" yarim himoyachi Duglas Luis uchun 110 million funt sterling narx belgiladi, deya xabar bermoqda Football Transfers nashri.

Manbaga ko‘ra, klub "Arsenal" kabi jamoalarning qiziqishini kuchaytirish uchun shunday narx belgilagan.

Luis 2019 yilning iyul oyida "Manchester Siti"dan "Aston Villa"ga o‘tgan edi. Transfer summasi 16,8 million yevroni tashkil etgandi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt 25 yoshli braziliyalik futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Luis 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

15 turdan keyin "Aston Villa" 32 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Chempionatda "Arsenal" yetakchilik qilmoqda (36 ochko).

Emeri shogirdlari navbatdagi o‘yinni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi. "Villa Park" stadionidagi uchrashuv 9 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:24, 07.12.2023.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик