Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

O‘zbekistonlik mutaxassislar "Fenerbahche" faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekistonlik mutaxassislar "Fenerbahche" faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda O‘zbekiston klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan iborat delegasiya Istanbulda bo‘lib turibdi.

Turk futbol klublari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur seminar doirasida vakillarimiz Turkiyaning grand klublaridan biri – "Fenerbahche"ga tashrif buyurishdi. Mazkur klubning infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirish, klubning ish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berish uchun "Fenerbahche"ning sport direktori Mario Branko, klubning seleksiya ishlariga mas’ul O‘kan O‘zkan, muxlislar bilan ishlash va chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yish uchun javobgar Tezjan Shayli, shuningdek, marketing va tijoriy masalalar bo‘yicha Egemen Ergyuden o‘z taqdimotlarini namoyish etishdi.

Juda qiziqarli va savol-javobga boy tarzda kechgan suhbatlar davomida o‘zbek mutaxassislari turk klubining o‘ziga xos ish uslubi haqida to‘liq ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayniqsa, "Fenerbahche"ning skauting xizmati ish jarayoni, o‘yinchilarning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish uslubi va yosh futbolchilarni tarbiyalab, so‘ngra yanada katta klublarga transfer qilish mexanizmi bilan tanishuv ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:21, 08.12.2023.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.