Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ter Shtegen muvaffaqiyatli operasiya qilindi

Ter Shtegen muvaffaqiyatli operasiya qilindi

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning bel qismida muammolar bor ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Hafta boshida germaniyalik futbolchi klub bilan birgalikda jarrohlik amaliyotiga o‘tishga qaror qilganini ma’lum qilgandi. "Football Espana" xabariga ko‘ra, 31 yoshli darvozabon payshanba kuni hech qanday asoratlarsiz muvaffaqiyatli operasiya qilingan. Endi reabilitasiya, prognozlarga ko‘ra, ikki-uch oy davom etadi. Futbolchining o‘zi yanvarda safga qaytish niyatida.

Mark-Andre ter Shtegen ushbu mavsumda "Barselona" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol o‘tkazib yuborgan. Asosiy darvozabon o‘rnini jamoaning so‘nggi uchta o‘yinida maydonga tushgan Inyaki Penya egallaydi.

Kiritildi: 05:53, 08.12.2023.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик