"Vest Xem" bosh murabbiyi David Moyes APLning 15-turi doirasidagi "Tottenxem" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.
"Raqibning sifati tufayli ajoyib o‘yin bo‘ldi. Biz qarshilik ko‘rsatishimiz kerak edi, xayriyatki, biz buni uddalay oldik.
"Tottenxem" birinchi bo‘limda sifat ko‘rsatdi, bilmayman, biz birinchi sakkiz yoki to‘qqiz daqiqada to‘pga tegdikmi. Bir nechta paslarni amalga oshira olganimizdan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonch biroz ortdi. Biz ularga biroz ko‘proq bosim o‘tkazmoqchi edik, lekin shu bilan birga bizni mag‘lub etishlaridan qo‘rqib, ehtiyotkor edik.
Biz ba’zi yaxshi jamoalarning qarshiligini sindira olamiz, bizda shunday jamoamiz", - dedi Moyes BBC bilan suhbatda.
"Tottenxem" Premyer-liganing so‘nggi besh o‘yinida to‘rtinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va g‘alabasiz seriyasini beshta o‘yinga uzaytirdi. “Vest Xem” uchun bu g‘alaba mavsumdagi 7-chi, so‘nggi to‘rt turdagi 3-g‘alabasi bo‘ldi.