Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Pellegrini: "Biror futbolchimiz kelsa uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topishimiz qiyin"

Pellegrini: "Biror futbolchimiz kelsa uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topishimiz qiyin"

Baho:
+ | -

"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini qishki transfer oynasi haqida gapirdi.

"Har safar jamoani kuchsizlantirganimizda, o‘sish imkoniyati kamayadi. Bizda ketayotgan futbolchilarning o‘rnini bosadigan salohiyat bo‘lishi kerak. Oldingi yillarda kelgan futbolchilar yaxshi harakat qilishgan. Agar kimdir hozir yoki yanvarda ketsa, klubda pul bo‘lmasa, uning o‘rniga boshqa futbolchi olib kela olmaymiz. Boshqa nom keladi, lekin o‘rnini bosmaydi. Bu iqtisodiy to‘siqni yengib o‘ta olgani jamoaning sharafigadir.

Isko bilan shartnoma imzolash yutuqmi? Iskoning kelishi muhim edi, chunki Kanales ketdi, Fekir esa jarohat oldi. Bizga futbol beradigan odam kerak edi. "Malaga"da bo‘lganimda Isko bilan uchrashish va uni sotib olish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘shanda men uning "Manchester Siti"ga o‘tishini xohlardim, lekin u Madridga o‘tishni xohladi. Moliyaviy masala u yoqda tursin, muhim futbol muammosini hal qilmoqchi edim. U bilan gaplashib, men uni to‘g‘ri odam deb o‘yladim va u buni ta’sirchan o‘yin bilan tasdiqladi", - dedi Pellegrini AS nashriga.

15 turdan keyin “Betis” 25 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Real” chempionatda peshqadamlik qilmoqda (38 ochko).

Kiritildi: 11:56, 08.12.2023.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик