Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Keyrushning ketmoni uchmay qoldi

Keyrushning ketmoni uchmay qoldi

Baho:
+ | -

Qatar terma jamoasi bilan bor-yo‘g‘i 10 oy ishlagan Karlos Keyrush kuni kecha o‘z lavozimini tark etganidan xabaringiz bor.

Ushbu murabbiy Eron terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida o‘zbek muxlislari orasida qo‘rqinchli xotiralar bilan eslanadi. Lekin Keyrush Eronda o‘tkazgan 8 yillik faoliyatidan so‘ng, hech qaysi terma jamoada uzoq ushlanib qolmadi.

Erondan keyin Kolumbiya terma jamoasini boshqargan portugaliyalik murabbiy, JCH-2022 saralashida Ekvadordan uchralgan 1:6 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin ishdan olingan edi.

Keyinchalik Muhammad Salah yetakchiligidagi Misr terma jamoasi bilan ham JCH-2022 ga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Hattoki muxlislarimiz orasida unchalik xushlanmaydigan Ektor Kuper ham Misrni 2018 yilgi JCHga olib chiqish vazifasini eplagan edi.

Eron terma jamoasi esa JCH-2022 boshlanishidan oldin, saralashni muvaffaqiyatli o‘tkazgan Dragan Skochichga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan holda, saralashda bir emas, ikkita terma jamoa bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan Keyrush bilan Qatarga yo‘l oladi. Keyin Qatarda nima bo‘lganini o‘zingiz yaxshi eslasangiz kerak.

Mana endi Osiyoning amaldagi chempioni - Qatar terma jamosi bilan 11 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 4 ta g‘alabaga erishgan Keyrush, arab futbolchilari bilan til topisha olmasdan, o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Karlos Keyrushning kuchli murabbiy ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Buning ustiga, uning ishiga baho berish bizga qolgan emas. Lekin har bir murabbiyning faoliyatida o‘ziga ideal tarzda mos tushadigan jamoasi bo‘lar ekan. Eron terma jamoasi - Keyrush uchun yaralgan jamoa edi va endi Keyrush o‘zi uchun boshqa "Eron" topa olmasa kerak.

Manba: https://t.me/SamvelKarlenich
Kiritildi: 11:18, 09.12.2023.
O'qildi: 1227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.