Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Filipe Luis: "Simeone meni g‘alaba qozonishga majbur qildi"

Filipe Luis: "Simeone meni g‘alaba qozonishga majbur qildi"

Baho:
+ | -

"Atletiko Madrid"ning sobiq futbolchisi Filipe Luis Diyego Simeone bilan ishlash unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

Braziliyalik futbolchi "matraschilar" safida ikkita marta o‘ynagan - 2010 yildan 2014 yilgacha va 2015 yildan 2019 yilgacha.

"Simeone mening fikrimni o‘zgartirdi. U meni o‘zgartirdi va chempion bo‘lishimda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Endi men hamma narsada g‘alaba qozonish bilan bandman: o‘g‘lim maydonni yig‘lab tark etadi, chunki, uning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymayman. Bu mening mohiyatim va Diyego bilan ishlash bunga ta’sir qildi.

Uning o‘ziga xos usullari bor - u o‘zini futbolchidek tutadi. U hamma bilan shug‘ullanadi, yuguradi, murabbiy sifatida emas, sardor sifatida futbolchilar bilan gaplashadi. U bizni jamoa birinchi o‘rinda turishiga ishontirdi" - dedi yaqinda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Luis Charla Podcast bilan suhbatda.

Kiritildi: 13:59, 11.12.2023.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик