Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hakamlarni ham ayamaydigan dahshatli chempionat!

Hakamlarni ham ayamaydigan dahshatli chempionat!

Baho:
+ | -

Turkiya chempionati doirasidagi "Anqaraguju" – "Rizespor" (1:1) uchrashuvi uzoq vaqt esda qoladi. O‘yindan so‘ng darhol FIFA referisi Xalil Umut Melerga mezbonlar prezidenti hujum qildi: Faruk Koja hakamning oldiga yugurib kelib, uning yuziga musht tushirdi!

Ochig‘i, klub prezidenti uchrashuv natijasidan norozi edi. Negaki, uning klubi 90+7-daqiqada gol o‘tkazib yubordi, hakam esa yo‘qotilgan vaqtlar uchun unchalik ko‘p daqiqa qo‘shib bermadi. Mezbonlar nafaqat g‘alabani saqlab qola olishmadi, balki hakam ham ularning ikkita golidan birini bekor qildi.

Boshiga zarba qabul qilib olgan hakam yiqilib tushdi va maydonga yotgan hakamni "Anqaraguju"ning boshqa vakillari tepib tashlashdi.

Hodisa o‘nlab kameralarga tushib qolgan, demak u tegishli komissiya – mahalliy tartib intizom qo‘mitasi tomonidan tekshiriladi. Faruk Koja qanday jazolanishi hozircha aniq emas, ammo funksioner og‘zaki ogohlantirish yoki kichik jarima bilan qutulishi dargumon. Va mojaroning boshqa ishtirokchilari o‘zlariga munosib bo‘lgan narsalarni aniq olishadi.

Bu voqea haqida Turkiya davlati prezidenti Rejab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy bayonoti bilan chiqib qilib, "Bugun oqshom bo‘lib o‘tgan "Anqaraguju" - "Rizespor" o‘yinidan so‘ng hakam Halil Umut Melerga qilingan hujumni qoralayman va unga tezroq tuzalib ketishini tilayman.

Sport tinchlik va birodarlikdir. Sport zo‘ravonlik bilan mos kelmaydi. Biz turk sportida zo‘ravonlikka hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz", — deyiladi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bayonotida.

Keyinroq esa Turkiya Ichki Ishlar Vaziri Ali Yerlikaya "Ankaraguju" - "Rizespor" uchrashuvi oxirida hakam Halil Umut Melerga qilingan hujumni keskin qoralayman. Tinchlik va do‘stlik hukm surayotgan dalalarimizda bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Biz ushbu qayg‘uli voqeani kuzatib boramiz. Turkiyalik hakamlarni xorijda muvaffaqiyatli himoya qilayotgan hakamimiz Halil Umut Melerga ezgu tilaklarimni bildiraman" - deya bayonot berdi.

Shuningdek, mamlakat IIV vaziri "O‘yindan keyin hakamga hujum qilgan "Anqaraguju" prezidenti Faruk Koja huquq-tartibot idoralari nazorati ostida shifoxonada davolanmoqda. Shundan so‘ng u hibsga olinadi. Shuningdek, hakamga hujum qilgan yana ikki kishi hibsga olindi" - deya qo‘shimcha qildi.

Ayrim norasmiy manbalarning tarqatgan xabariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rejab Toyib Erdo‘g‘on ushbu voqeadan keyin mamlakatda ichki chempionat o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. Lekin bu hali rasmiy ma’lumot emas.

Eslatib o‘tamiz, Turiyaning "Rizespor" klubi xamyurtimiz Xusniddin Aliqulov o‘ynaydi va Xusniddin ushbu bellashuvda 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Kiritildi: 06:56, 12.12.2023.
O'qildi: 3017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.