Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Brentford - Arsenal

Turkiyada hakamga hujum qilganlar sanksiyaga tushishi mumkin

Turkiyada hakamga hujum qilganlar sanksiyaga tushishi mumkin

Baho:
+ | -

Turkiya futbol federasiyasi hakamlarga hujum sodir bo‘lgan taqdirda klublarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirmoqda, dedi mamlakat futbol federasiyasi rahbari Mehmet Beyukekshi.

Turkiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Anqaraguju” – “Rizespor” uchrashuvi dushanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng "Anqarag‘uju" prezidenti Faruk Koja bir necha kishi hamrohligida maydonga yugurib chiqib, hakam Halil Umut Melerni urib, uni yiqitdi. Hakam maydonda yotganida bir necha marta tepishgan. Meler kasalxonaga yotqizilgan. Voqea Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan qoralangan. Seshanba kuni Koja iste’foga chiqdi va kechirim so‘radi.

"Turkiyaning oliy adliyasi ushbu voqea uchun mas’ullarga qarshi zarur bo‘lgan hamma narsani qildi va qilishda davom etadi. Federasiya sifatida biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni kecha yurist maslahatchimiz qildi. Intizomiy ko‘rsatmalarimizda diskvalifikasiyadan tashqari, qo‘shimcha jazo choralarini ham joriy qilishni rejalashtirganmiz va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun jarimalar qo‘llaniladi" - dedi u matbuot anjumanida.

Kiritildi: 17:37, 13.12.2023.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.