Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

"Bunyodkor" "Emireyts" bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

"Bunyodkor" "Emireyts" bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” o‘z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo‘yib keladi. Murod Aliyev klub Bosh direktori lavozimida ish boshlagach, birinchi navbatda Akademiya faoliyati isloh qilinishiga jiddiy e’tibor qaratdi. Murabbiylar malakasini oshirish, yosh iqtidorli o‘yinchilarga alohida urg‘u berib, ularni bosh jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tizimli ravishda ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.

Kuni kecha “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktor o‘rinbosari Zokirjon Xoliqov BAA davlatiga safar uyushtirib, “Emireyts” futbol klubi va Akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va rasmiylar bilan uchrashdi. Aytish kerakki, “Emireyts” BAA Pro ligasi ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini jahon futbol yulduzi Andreas Inyesta bilan kuchaytirdi. Hali ham maydonda javlon urayotgan ispaniyalik yulduz dunyoning bir qator mamlakatlarida o‘z futbol Akademiyasiga asos solgan.

Zokirjon Xoliqov “Emireyts” futbol klubi direktorlar kengashi raisi Yusuf Abdulloh Al Batran va Andreas Inyesta bilan samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Akademiyalar faoliyati, ish tizimi haqida suhbatlashdi. Shuningdek, “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalarini BAAda tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashishi to‘g‘risida so‘z bordi. Jumladan, BAA davlatida o‘tkaziladigan bolalar turnirlarida ishtirok etadigan “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalari uchun “Emireyts” futbol klubi tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi. Yusuf Abdulloh Al Batran “Bunyodkor” haqida yetarlicha ma’lumotga ega ekanligini ta’kidlab, o‘zbekistonlik futbolchilarga hurmati baland ekanligini ma’lum qildi. Xususan, o‘z vaqtida “Bunyodkor” va “Emireyts” futbol klubida to‘p surgan Jasur Hasanovni “bizniki” der ekan, nafaqat Akademiya jamoalariga, balki bosh jamoamiz BAAda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazsa, moddiy manfaatlarsiz klubga tegishli maydonlardan foydalanishiga ruxsat berilishini bildirdi.

"Suhbat davomida janob Yusuf Abdulloh Al Batran, albatta tez orada O‘zbekistonga tashrif buyurishini hamda “Bunyodkor” futbol klubi bilan yaqindan tanishishini ta’kidladi" - deyiladi "qaldirg‘ochlar" bayonotida.

Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:01, 13.12.2023.
O'qildi: 1852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.