Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Mavsum-2023 yakunlari: «Navbahor»ning mag‘lubiyatsiz va «quruq» seriyalari

Mavsum-2023 yakunlari: «Navbahor»ning mag‘lubiyatsiz va «quruq» seriyalari

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Quyida e’tiboringizga “lochinlar”ning Superliga-2023da qayd etgan mag‘lubiyatsiz va “quruq” seriyalari bilan tanishtiramiz.

Yakunlangan mavsumda “Navbahor” darvozasiga 13 ta o‘yinda raqiblar to‘p kirita olishmadi.

Albatta, ushbu muvaffaqiyatda jamoa darvozaboni O‘tkir Yusupov bilan birgalikda tajribali va mahoratli himoyachilarning ham munosib hissalari bor.

Ta’kidlash joizki, Superliga–2023da “Navbahor” o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazgan, ya’ni, himoyasi eng mustahkam 3 ta jamoadan biri (19 ta) bo‘ldi.  

Mavsum-2023da “lochinlar” to‘rt marta mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etishdi. Eng uzoq shunday seriya 10 (!) o‘yindan (6-15-turlar) iborat bo‘ldi hamda ushbu seriyani 16-turda Namanganda “Paxtakor” to‘xtatdi (1:2).

Shuningdek, “Navbahor” hisobida ikki marta 3 uchrashuv (20-21 va 23-turlar, 24-26-turlar) va  bir marta 2 bellashuv (1-2-turlar)dan iborat mag‘lubiyatsiz seriya ham mavjud.

Bunga izoh sifatida shuni keltirish lozimki, Namanganda “Nasaf”ga qarshi kechgan 22-tur bahsi ma’lum sabablarga ko‘ra, 23-tur o‘yinidan keyin o‘tkazilgandi. Statistik ma’lumotda shu ham inobatga olindi.      

Ta’kidlash joizki, yakunlangan mavsumda “lochinlar” 3 marta  “quruq” seriyani qayd etishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Samvel Babayan shogirdlarining eng ko‘p “quruq” seriyalari 5 ta uchrashuv (6-10-turlar)dan iborat bo‘ldi. Keyin esa ikki marta 2 ta o‘yin (1-2-turlar, 20-21-turlar)dan iborat “quruq” seriya qayd etildi.

Shuningdek, ta’kidlaganimizdek, yuqoridagi bahslardan tashqari, yana 4 ta bellashuvda (4, 13,  18, 20-turlar) “lochinlar” o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:54, 14.12.2023.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.