Kirish Ro'yxatdan o'tish

Retkliff allaqachon Potter bilan uchrashuv o‘tkazdi

Retkliff allaqachon Potter bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Yaqin kelajakda ser Jim Retkliff klubning 25% ulushini sotib olib, «Manchester Yunayted»ning egasiga aylanadi.

Shundan so‘ng, «qizil iblislar»ning murabbiylar ko‘prigida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin - Grem Potter Erik ten Xag o‘rnini egallashi mumkin. Aynan shu mutaxassisni Retkliff jamoa boshqaruvida ko‘rishni hohlaydi.

The Sun nashrining yozishicha, Retkliff allaqachon Potter bilan uchrashuv o‘tkazgan. 48 yoshli mutaxassis aprel oyi boshidan, ya’ni «Chelsi»dan haydalganidan beri ishsiz edi.

«Manchester Yunayted» ayni damda APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o‘yinni 17 dekabr kuni mehmonda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 19:23, 15.12.2023.
O'qildi: 1504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик