Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Liga1'dan "Yangi Varan" topdi

"Real" Liga1'dan "Yangi Varan" topdi

Baho:
+ | -

"Lill" markaziy himoyachisi Leni Yoro "Real"ga o‘tishi mumkin.

Noyabr oyida o‘zining 18 yoshini nishonlagan futbolchiga da’vogarlar qatorida "Qirollik klubi" nomi qayd etilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "Real Madrid" Yoro Rafael Varan yo‘lidan borishga qodir, deb hisoblaydi - u ham yoshligida Fransiyadan "Los-Blankos" safiga qo‘shilgan. "Lill" futbolchini o‘zida saqlab qolish niyatida, shu bois u uchun kamida 50 million yevro talab qiladi. "PSJ" ham istiqbolli markaziy himoyachini sotib olishga qiziqmoqda.

Leni Yoro ushbu mavsumda 19 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:35, 16.12.2023.
O'qildi: 1821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.