Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Manba: "Lunin "Real"ning asosiy darvozaboni bo‘ladi"

Manba: "Lunin "Real"ning asosiy darvozaboni bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabonlar Kepa Arrisabalaga va Andrey Lunin o‘rtasida ukrainalik posbon foydasiga tanlov qildi, deya xabar bermoqda AS nashri.

Avvalroq Anchelotti jarohat olgan Tibo Kurtua yo‘qligida Kepa asosiy o‘yinchi bo‘lishi kerak deb hisoblardi. Ammo, manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis o‘z fikrini o‘zgartirgan. Burilish nuqtasi Andrey o‘ynagan "Betis" bilan La Liga o‘yini (1:1) bo‘ldi.

Qayd etilishicha, murabbiy Luninni zaxiraga qaytarish uchun asos ko‘rmayapti, chunki ukrainalik posbon ancha kuchaydi. U Kepa (86 ga qarshi 77)dan yaxshiroq foizga ega va ko‘proq qiyin vaziyatlarda jamoani qutqarib qolgan, bu esa murabbiyning e’tiborni tortgan. Ukrainalik darvozabonning o‘yini o‘tgan mavsumga qaraganda ancha ishonchli bo‘ldi.

Lunin joriy mavsumda sakkizta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan beshta gol o‘tkazib yubordi va to‘rt marta o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 09:38, 16.12.2023.
O'qildi: 1760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик