Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Laporta "Barselona"ning "Antverpen"dan uchralgan mag‘lubiyatidan g‘azablandi

Laporta "Barselona"ning "Antverpen"dan uchralgan mag‘lubiyatidan g‘azablandi

Baho:
+ | -

Joan Laporta "Barselona"ning "Antverpen"dan uchralgan mag‘lubiyatidan (2:4) jahli chiqdi.

"Barselona" prezidentining mag‘lubiyat yoki yomon o‘yindan keyin juda g‘azablangan ko‘rinishi birinchi marta emas edi. Hamma biladiki, u juda hissiyotli va o‘yin ishtiyoqi bilan yashaydi.

Bu safar Laportaning jahli chiqdi, chunki Xavi qanday sabablarga ko‘ra "Antverpen" bilan o‘yinda ba’zi futbolchilarga dam berishga qaror qilganini tushunmadi, deb yozadi Diario Sport nashri.

Bu, birinchi navbatda, jamoatchilikda "Jirona"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan (2:4) keyin hech qanday oqibatlar bo‘lmagani haqidagi tasavvur uyg‘onganligi bilan bog‘liq.

Laportaning fikricha, bunday mag‘lubiyatdan so‘ng yetakchilar Belgiyada o‘zini ko‘rsatishi kerak edi, ayniqsa, klub bir necha million yevro bonuslardan mahrum bo‘lish xavfi borligini hisobga olsak.

Bu Xavining qarorlari Laportani birinchi marta bezovta qilayotgani yo‘q. Masalan, Joan oktyabr oyi oxirida o‘z maydonida “Real”dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng murabbiy nega jamoaga ikki kun dam berganini tushunmagandi.

Laporta qanday mag‘lub bo‘lmasin, jamoa mag‘lubiyat oqibatlarini his qilishini istaydi.

Kiritildi: 17:53, 16.12.2023.
O'qildi: 2541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.