Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Bunday butsalar soni Cheranda 5 taga yetdi

Bunday butsalar soni Cheranda 5 taga yetdi

Baho:
+ | -

Serbiyalik hujumchi Superliganing 2023 yilgi mavsumini ham to‘purar sifatida yakunladi. Buning uchun Cheranga 13 ta gol kifoya qildi.

Dragan chempionatning 22 ta o‘yinida ishtirok etdi va umumiy 1789 daqiqa maydonda bo‘ldi. Ya’ni, har 137 daqiqada raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Gollarning 4 tasini penaltidan kiritdi. Biroq unutmaslik kerakki, uning gollarisiz "Paxtakor" naqd 17 ochko boy bergan bo‘lardi. Cheran ayniqsa asosiy raqobatchi hisoblangan "Navbahor"ga qarshi har ikki o‘yinda ham gol urib, haqiqiy etakchi ekanligini isbotladi.

36 yoshli futbolchi 2024 yilda ham "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. To‘purarlik borasida garchi uning ko‘rsatkichlarida pasayish yuzaga kelgan bo‘lsada, Superligada besh yildan buyon uni quvib o‘tishi mumkin bo‘lgan boshqa hujumchi topilmayapti.

Dragan ketma-ket sakkiz mavsum davomida qarshisidan chiqqan 20 jamoaning barchasiga gol ura oldi. Eng so‘nggisi — "Olimpik". Garchi "Paxtakor" mavsumni aynan "Olimpik"dan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan bo‘lsada, ikkinchi davrada paxtakorchilar buning uchun o‘ch olishdi — Cheran ilk marta "Olimpik" darvozasiga yo‘l topdi.

Dragan 2016 yilning yozidan buyon O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. Mamlakatimizdagi dastlabki yillarini "Nasaf" safida o‘tkazgan hujumchi, ikki yil ichida "Paxtakor" libosini kiydi. O‘tgan yillar davomida u chempionat doirasida 129 ta gol urishga erishdi. O‘zbekiston kubogida 13 ta golni o‘z nomiga yozdirdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Dragan Cheranning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi. Biz ketma-ket beshinchi bor «oltin butsa»ni unga yetkazib berdik.

Quyida Dragan Cheran tomonidan 2023 yilgi mavsum Superligada urilgan barcha — 13 ta golni tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:27, 16.12.2023.
O'qildi: 1666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик