Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Yevromavsum: eng yovvoyi g‘olibona yurish

Yevromavsum: eng yovvoyi g‘olibona yurish

Baho:
+ | -

Eyndxovenning PSV klubi joriy mavsum start qismida aqlga sig‘mas darajada ajoyib.

Eyndxovenning PSV klubi joriy mavsum start qismida aqlga sig‘mas darajada ajoyib. Diqqat qiling, Peter Bosh boshqaruvidagi jamoa Niderlandiya Eredivizionida g‘olibona yurishini hamon davom ettirmoqda - dastlabki 15ta turda 15ta g‘alaba! «Qizil-oqlar» shu jazava mobaynida 52ta gol urib, atigi 6ta qo‘yib yuborishdi. Umuman, ular bu borada Niderlandiya chempionati rekordiga tobora yaqinlashmoqdalar!

Tarixiy g‘alabalar. PSV hozir chindan ham, qoyilmaqom g‘alabali seriyaga ega - Eredivizionda ketma-ket 15ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Bu liga tarixida kuzatilayotgan ikkinchi uzun seriyadir. E’tiborli tomoni, chempionat rekordi ham aynan PSVning o‘ziga tegishli. Eyndxoven jamoasi mavsum-1987|1988da qatorasiga 17ta o‘yinda g‘alaba nashidasini surgan.

Bo‘lajak chempionmi? Tabiiyki, PSV Eredivizion turnir jadvalida katta ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Ayni payt «qizil-oqlar» hisobida 45 ochko bor. Eng yaqin ta’qibchi «Feyenoord» esa 35 ochkoga ega. Demak, hozirning o‘zida o‘rtadagi farq 10 ochkoni tashkil etmoqda. Ha, PSV shu ketishda chempionlik masalasini muddatidan ancha oldin yopishi mumkin. Umuman, Bosh jamoasini liga rekordidan atigi 2ta g‘alaba ajratib turibdi.

Samaradorlik - kosmos! PSV ajoyib sport formasida ekanligini gollar nisbatiga qarab ham osongina fahmlash mumkin. Peter Bosh jamoasi bunga qadar Niderlandiya chempionati tarixida qatorasiga 11ta o‘yinda kamida 3ta gol urgan birinchi ishtirokchi bo‘lgandi. Ushbu seriya 3:1, 4:0, 4:0, 4:0, 3:0, 3:1, 4:0, 3:1, 5:2, 6:0 va 4:0 hisoblarini o‘z ichiga oldi. PSV shundan keyin «Tvente» darvozasiga ham 3ta gol urdi. Faqat 14-turga kelib, asosiy raqib - «Feyenoord» maydonidagi bahsda «kamida 3ta gol» seriyasi uzildi, asosiysi, klubning g‘alabali odimi davom etdi, baribir (2:1).

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:41, 16.12.2023.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик