Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

"Barselona" ruminiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

"Barselona" ruminiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Jenoa"ning 21 yoshli ruminiyalik himoyachisi Radu Dregushinni kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda "Sport " nashri jurnalisti Alfredo Martines.

Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 30 million yevroni tashkil qiladi. Kataloniyaliklardan tashqari unga Yevropaning yana bir qancha yirik klublari, xususan, Premyer-ligadan qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yozda "Jenoa" futbolchini bir yillik ijaradan keyin "Yuventus"dan 5,5 million yevroga sotib olgandi. Umumiy hisobda Radu “Jenoa” safida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Himoyachi Ruminiya terma jamoasi safida 12 ta o‘yin o‘tkazgan.

“Barselona” ayni damda 35 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Ispaniya chempionatidagi so‘nggi uchrashuvida “Valensiya” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Kiritildi: 08:56, 18.12.2023.
O'qildi: 1606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.