Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

"Arsenal" senegallik hujumchini kuzatmoqda

"Arsenal" senegallik hujumchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi "Salernitana" hujumchisi Bulaye Diani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Tribal Football nashri.

Manbaga ko‘ra, italyan klubi 27 yoshli senegallik futbolchini 22 million yevroga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

Shuningdek, Dia transferi uchun "Everton" ham kurash olib boradi.

Dia 2023 yilning iyulida "Vilyarreal"dan "Salernitana"ga ko‘chib o‘tgandi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil etdi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchini 22 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Dia 12 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi.

"Arsenal"da hozirda ikkita markaziy hujumchi bor: Gabriel Jezus va Eddi Nketia.

17-turdan so‘ng “Arsenal” 39 ochko bilan Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. "Liverpul" ikkinchi o‘rinda (38 ochko).

Kiritildi: 09:00, 18.12.2023.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.