"Barselona" prezidenti Joan Laporta yozda jamoaga ijaraga kelib qo‘shilgan Joau Feliks va Joau Kanseluning transferi haqida gapirdi.
"Biz Joau Feliks va Joau Kanselu transferlari ustida ishlayapmiz. Kelishuv amalga oshadi degan umiddaman", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, Feliks "Atletiko"dan, Kanselu "Manchester Siti"dan 2024 yil yozigacha ijaraga olingan.