«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen Tomas Myuller bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.
Hujumchi myunxenliklar bilan 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mehnat shartnomasi tuzdi.
«Yakshanba kuni Myuller jamoamiz uchun qanchalik qadrli ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. «Bavariya» uchun u futbolchi va shaxs sifatida noyobdir.
U hech qachon xafa bo‘lmaydi va har doim to‘liq g‘ayratli odam. U shuningdek, ajoyib muloqotchi, har doim o‘z fikrini bildirishga tayyor va o‘z ishidan zavqlanadi», - dedi Drizen.